21.02.2020 253

Angor tumanida «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» seminari o‘tkazildi


2020 yilning 21 fevral kuni Angor tumani «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘ini binosida mahalla aholisi uchun «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi direktori Ulug‘bek  Kamaletdinov qatnashib «Biznes yaratish yo‘lidagi yetti qadam» mavzusini to‘liq yoritib berdi.

Shundan so‘ng Angor tumani hokimligi «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish» bo‘limi bosh mutaxassisi Q. Annaev, Angor tumani Davlat xizmatlari markazi bo‘lim boshlig‘i Bekmurodov E., O‘ZRTXB Angor tuman savdo maydonchasi brokerri To‘raev N., O‘zlidep Angor tumani aparat raxbari Shoberdiev A., «Yoshlar kelajagimiz» jamg‘armasi Angor tumani boshlig‘i Raximov J., «Kafolat» sug‘urta markazi vakili Holiqov E., Angor tumani FVB boshlig‘i Xusanov Sh., Angor tumani TKM boshlig‘i Binoqulov D., tuman kadastr tashkilotidan Qurbonov M. hamda Musaeva M. o‘zlariga biriktirilgan mavzular bo‘yicha maruzalar qilishdi.

 

SSP Axborot xizmati