24.02.2020 237

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish Respublika markazi Navoiy viloyati filiali tomonidan o'quv kurslar tashkil etildi


Tadbirkorlik faolyati asoslarini o’qitish Respublika markazi Navoiy viloyati filiali Bosh mutaxasissi T.Xolboyev o’z ma’ruzasida Respublikamizda tadbirkorlik faoliyati yuritishdagi shart-sharoitlar tadbirkorlarga berilayotgan imkonyatlar haqida ma'lumotlar berib o'tdi. Qolaversa Markaz tomonidan o'tgan yili shahar va tumanlarda ko'rilgan chora tadbirlar, o’zgarishlar haqida ya'ni Markaz tadbirkorlik faolyatini Direktor.uz sayti orqali mustaqil online tarizda o’rganish imkonyati borligini va Ommaviy axborot vasitalari orqali Telegram saytinig Alternatus kanalida respublikamizda tadbirkorlik faoliyati bo’yicha qiliniyotgan ishlar va yangiliklar haqida ma’lumotlar olish mumkunligi haqida tushuntirishlar berildi.

O’zbekiston Savdo-Sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasini Xatirchi tumani TKM bosh mutaxasissi V.Eshquvvotov o’z ma’ruzasida Savdo-sanoat palatasining faolyati, vazifalari haqida qisqacha to’xtalib o’tdi so'ngra tadbirkorlikni boshlashdan oldin tanlagan faolyat yunalishi bo’yicha biznesni tashkil etish asoslari va biznes reja tuzush tartibi qanday tuzulushi kerakligi haqida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Undan tashqari ushbu o'quv kursida o'z ma'ruzalari bilan Navoiy viloyat Xatirchi tumanining DSI xodimi A.Barnoyev, Navoiy viloyat Bojxona boshqarmasi xodimi kata enspektor D.Kuchimov faoliyatlari to'g'risida to’xtalib o’tdilar va ma'ruzalar bilan yuzaga kelgan savollarga javob berdilar. 

 

SSP Axborot xizmati