15.06.2016 1413

Turli sanoat tarmoqlarida ishlab chiqilayotgan Texnik reglament loyihalari to‘g‘risida


O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘i va hayoti havfsizligi himoyasi, atrof-muhitni ekologik muhofazasi, davlatni mudofaa va milliy havfsizligini ta’minlash maqsadida 2009 yil 23 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni kuchga kirgan bo‘lib, unga ko‘ra ishlab chiqarish jarayonlari, ish va xizmatlar, mahsulotlarga qo‘yiladigan talablarni o‘rnatishda va qo‘llashda yangicha yondoshuvlar belgilab berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida”gi 2010 yil 10 maydagi 86-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qonun talablaridan kelib chiqib, respublikamizning turli tarmoqlarida Texnik reglamentlar ishlab chiqilishi belgilangan. Shu munosabat bilan turli sanoat tarmoqlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Texnik reglamentlar loyihalari mahalliy tadbirkorlik sub’ektlaridan taklif va qo‘shimchalar olish uchun mazkur sahifada joylashtirilgan.

Tegishli texnik reglamentlar bo‘yicha tadbirkorlik subektlari o‘z taklif va fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limining g.usmanov@chamber.uz elektron manziliga yuborishlari yoki (+99871) 150-91-69 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

“O‘quv uskunalari va jihozlari havfsizligi to‘g‘risida”gi Texnik reglament loyihasi

“G‘ildirakli transport vositalari havfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament loyihasi

“Tibbiyotga taalluqli mahsulotlar va tibbiy  texnikaning havfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament loyihasi