26.02.2020 1009

SSP va BMTTDning qo'shma loyihasi doirasida Farg’ona vodiysida seminarlar o'tkazilmoqda.


Savdo-sanoat palatasi va BMT Taraqqiyot Dasturining "Farg'ona vodiysi dehqonlarining iqlim o'zgarishi xavflariga moslashishi va barqarorligini oshirish" qo'shma loyihasi doirasida Farg'ona vodiysining barcha mintaqalarida "Investorlarni himoya qilish uchun biznes-reja tayyorlash" mavzusida treyning mashg’ulotlari tashkil etildi. Tashkil etilgan ikki kunlik treninglarda  Yoshlar ittifoqi va Ishbilarmon ayollar uyushmasi vakillari faol ishtirok etishmoqda.

Bugun Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida yuqoridagi mavzuga bag'ishlangan seminar boshlandi. Kecha shu mavzuga bag’ishklangan  seminar mashg’ulotlari Namangan viloyatida yakunlanib, unda 30 ga yaqin ishtirokchilar 2 kun davomida biznes-reja tuzish va marketing tadqiqotlarini o'tkazish asoslari bo’yicha batafsil ma’mumotlarga ega bo’ldilar.

Seminarlar endilkda Farg'ona shahrida  o'tkazilishi rejalashtirilgan.

SSP Axborot-xizmati