27.02.2020 747

“Tadbirkorlik sub'ektlarining xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hakamlik sudlari va mediasiyaning roli mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar


2020 yilning 27 fevral kuni, Toshkent shahridagi «RAMADA» mehmonxonasining majlislar zalida, “Tadbirkorlik sub'ektlarining xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda hakamlik sudlari va mediasiyaning roli” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

\

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirda, SSP va hududiy boshqarma huzuridagi hakamlik sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi vakili,  viloyat hokimligi, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi va iqtisodiy sud sud'yalari, advokatlar palatasi, Adliya boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hodimlari ishtirok etishdi.

Ilmiy-amaliy seminar O‘zbekistonda mediasiyaning xuquqiy asoslari, hakamlik sudlarida iqtisodiy nizolarni hal qilishning o‘ziga hos husussiyatlari kabi mavzularni yoritishga qaratildi.

Tadbir yakunida hakamlik sudlari va mediasiyaning yurtimizda sud-xuquq tizimi isloh qilinishidagi roli nechog‘lik muhimligi ishtirokchilar tomonidan e'tirof etildi.

 

SSP Axborot xizmati