20.06.2016 4488

Palata a’zoligi badallari endilikda elektron to‘lov orqali


Mamnuniyat bilan shuni ma’lum qilamizki, “UPAY” universal elektron to‘lov xizmati bilan hamkorlikda Palata a’zoligi badallarini to‘lash imkoniyati joriy etildi.

Endilikda Palata a’zolari “UPAY” to‘lov tizimi orqali a’zolik badallarini to‘lashlari mumkin bo‘ladi. To‘lovni amalga oshirishdan oldin “UPAY” to‘lov tizimidan ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim bo‘ladi, so‘ngra u-pay.uz sayti orqali yoki iOS va Android uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturiy ta’minotlar orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, “UPAY” elektron to‘lov tizimi bo‘lib, fuqarolarning plastik kartochkalaridagi mablag‘larini internet orqali boshqarish imkoniyatini beradi. Ushbu tizim orqali kommunal xizmatlar, soliq, mobil operatorlar, telefoniya, internet provayderlar, internet resurslar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.