10.03.2020 303

24-26-mart kunlari beshta yirik ko’rgazma o’tkaziladi


2020-yil 24-26-mart kunlari “O’zekspomarkaz”da “International Expo Group” MChJ kompaniyasi tomonidan Xalqaro sanoat ko’rgazmalari o’tkaziladi.

         Ko’rgazmalarning rasmiy ochilish kuni 24-mart soat 11:00 da.

         Ko’rgazma bir vaqtning o’zida 5 yirik yarmarkani o’z ichiga olgan.

  1. Metallurgiya, mashinasozlik, metalga ishlov berish, butlash yo’nalishlari bo’yicha “UzMetalMashExpo-2020” XII Xalqaro ko’rgazmasi;
  2. Maxsus texnika, transport, avto-sanoat yo’nalishi bo’yicha “UzTechTransExpo-2020” XII Xalqaro ko’rgazmasi;
  3. Tog’-kon sanoati uchun texnologiyalar va jihozlar bo’yicha “UzMiningExpo-2020” XI Xalqaro ko’rgazmasi;
  4. Kimyo sanoati, plastmassa va rezina ishlab chiqarish, laboratoriya va taxlil yo’nalishi bo’yicha “UzChemPlastExpo-2020” X Xalqaro ko’rgazmasi;
  5. Qadoqlash, uskunalar yo’nalishi bo’yicha “InterPackExpo-2020” IV Xalqaro ko’rgazmasi.  

Xalqaro ko’rgazmalarda Kanada, Germaniya, Shvetsariya, Estoniya, Turkiya, Belgiya, Shvetsiya, Hindiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Rossiya, Belorusiya, Ukraina, Qozog’iston hamda yurtimizning bir qator korxona va firmalari o’z ishlari bilan qatnashadilar.

 

Qo’shimcha ma’lumot: www.ieg.uz saytida.

 

SSP Axborot xizmati