11.03.2020 350

Gulistonda kooperatsiya birjasi va sanoat yarmarkasida 200 milliard soʻmlik shartnomalar tuzilishi kutilmoqda


Guliston shahridagi “Alpomish“ sport majmuida kooperatsiya birjasi va sanoat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyatidagi 140 dan oshiq sanoat, qurilish, ishlab chiqarish korxonalari, yirik tadbirkorlik subyektlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, boshqa viloyatlarning zamonaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan 10 dan ortiq yirik korxonalari ham oʻz mahsulotilari bilan qatnashishdi.

Tadbirda 200 milliard soʻmlik shartnomalar tuzilishi kutilmoqda. Korxonalar taqdim qilgan 450 turdan ortiq mahsulot xaridlari boʻyicha yangi hamkorlar oʻzaro istiqbolli loyihalarni imzolamoqda.

SSP Axborot-xizmati