18.03.2020 301

IV Marketing va Reklama Haftaligi (ADWEEK) oktyabr oyiga ko’chiriladi


Avval xabar berganimizdek, 2020 yilning 9-11 aprel kunlari “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida IV Marketing va Reklama Haftaligi (ADWEEK) bo‘lib o‘tishi kutilayotgan edi. Covid-19 tarqalishi sabablariga ko’ra, O‘zbekistonda barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinadi.

Shu munosabat bilan, IV ADWEEK marketing va reklama haftaligi tashkiliy qo‘mitasi ADWEEK o‘tkazilishini 2020 yilninig 15–17 oktyabr kunlariga qoldirishga qaror qildi.

Oktyabrda ADWEEK tadbirlarining o‘tkazilishi dasturi, qatnashish shartlari va joylari o‘zgarishsiz qoladi. Ko‘rgazma, kreativ tanlov, marketing forumi va reklama konferensiyasining ro‘yxatdan o‘tgan barcha qatnashchilari avtomatik ravishda tadbir o‘tkaziladigan yangi muddatlarga ro‘yxatga kiritiladi.

Qo‘shimcha axborot uchun: +99897402282 info@nmc.uz

 

SSP Axborot xizmati