20.03.2020 124

Bug‘-gaz va gaz turbina qurilmalari uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbikorlik sub'ektlari diqqatiga!


Respublikamizda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni darajasini chuqurlashtirishga doir qator ishlar olib borilmoqda.

Hozirda, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi sanoat korxonalarining esportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlari ishlab chiqarish hamda  maxalliylashtirish darajasini yanada oshirish, ichki bozorni milliy mahsulotlar bilan ta'minlash maqsadida bug‘-gaz va gaz turbina qurilmalari uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbikorlik sub'ektlarinining ma'lumotlari olinmoqda.

Shu munosabat bilan mahalliylashtirish dasturida ishtirok etish istagidagi bug‘-gaz va gaz trubina qurilmalari uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbikorlik sub'ektlari o‘z korxonalari to‘g‘risdagi ma'lumotlarni ilovaga muvofiq jadval 2020 yil 26 martga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi expo@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so‘raymiz.

Qo‘shimcha murojaat uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi mas'ul xodimi A'zamov Sardorga +99878 150-60-06 (ichki raqam 18-51) telefon raqami bo‘yicha qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

 

SSP Axborot xizmati