24.03.2020 826

Yuz niqoblari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi


Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 114-sonli buyrug‘iga asosan yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilishi munosabati bilan, yuz niqoblarni olib kirish, ishlab chiqarish, tayyorlash va realizasiya qilishda soliqqa tortish bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qiladi. 

Yuz niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarilishi soliqqa tortish masalasi bilan bog‘liq bo‘lmaganligi, ularni ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish ko‘zlanganligini uchun mazkur buyumlar Tibbiy buyumlar sifatida ta'riflanib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.   

Yuz niqoblarni bepul berish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan holat hisoblanib, ushbu aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.  

 

SSP Axborot xizmati