24.03.2020 228

Tadbirkorlar uchun byudjetga to‘lanadigan soliq miqdori keskin kamaytirildi


Tadbirkorlar uchun byudjetga to'lanadigan soliq va ajratmalar miqdori keskin kamaytirildi, ba'zi yig'imlarni hisoblash va to'lash ma'lum muddatga to'xtatildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Unga ko'ra, ho'jalik yurituvchi sub'ektlar uchun belgilangan bir qator soliqlar bo'yicha penyalar hisoblash to'xtatilib, soliq qarzini majburiy undirish choralari ko'rilmaydigan bo'ldi.

2021 yilning 1 yanvariga qadar tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini soliq auditidan o'tkazish ham to'xtatib qo'yildi.

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va er solig'i to'lash muddati uzaytirildi, ularning xayriya tashkilotlaridan oladigan daromadlari soliqdan ozod qilindi.

Koronovirus sababli karantinga joylashtirilgan ota-onalar, shuningdek ularning 14 yoshgacha bo'lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga nafaqa to'lash belgilandi. Bunday shaxslar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqilandi.

 

Manbaa: uza.uz