30.03.2020 220

Tadbirkorlar ko‘magi


Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi Zangiota tumani bo‘limi, butun dunyoni tashvishga solayotgan koronavirus kasalligidan tuman aholisini himoya qilish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdek savobli ishni maqsad qilib, saxovatpesha tadbirkorlar bilan hamkorlikda Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olishdi.

Koronavirus kasalligiga qarshi kurashish maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab joriy etilgan karantin sharoitida turmush tarzi biroz murakkablashgan oilalar mavjudligi hech kimga sir emas.


Shu munosabat bilan Savdo-sanoat Palatasi hodimlari, Palataning ko‘p yillik a'zolari bo‘lgan tadbirkorlar bilan iqtisodiy qiynchilikka uchragan xonadonlarga tashrif buyurib, oilalarga birinchi zarurat hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi. Nomlari sir qolishni istagan tadbirkorlarimiz bu kabi xayirli ishlarni  har kuni amalga oshirishga kelishib olishdi.

 

SSP Axborot xizmati