02.04.2020 296

Tabiiy ipak va ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbikorlik sub'ektlari diqqatiga!


Hindistonning O‘zbekiston elchixonasidan olingan ma'lumotga ko‘ra hozirda Hindistonda tabiiy ipak va ipakchilik mahsulotlari, ya'ni  ipak qurti pillasi, xom ipak, ipak chiqindisi, ipak va ipak chiqindisi kalavasi, ipak yoki ipak chiqindisidan tayyorlangan mato kabi ipakchilik mahsulotlariga talab yuqori bo‘lmoqda.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish hamda Hindiston bozoriga milliy eksportbop mahsulotlar hajmini yanada oshirish maqsadida mahalliy tadbirkorlik sub'ektlaridan ipakchilik mahsulotlari bo‘yicha tijorat takliflarini ilovaga muvofiq jadval asosida 2020 yil 5 aprelga qadar Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi s.azamov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishlarini so‘raymiz. 

Qo‘shimcha ma'lumot uchun Palataning Eksportga ko‘maklashish boshqarmasi ma'sul xodimi A'zamov Sardorga (+99899) 774-45-94  telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

 

SSP Axborot xizmati