12.05.2020 669

Meteostansiyalar faoliyatining sharhi: vazifalar, samaradorlik va istiqbollari


Joriy yilning mart oyining boshlanishida Savdo sanoat palatasi hamda BMTTD hamkorligida «Farg‘ona vodiysida fermerlarni iqlim o‘zgarishi hatarlariga moslashishi va barqarorligini oshirish» loyihasi doirasida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 9ta agrometeostansiyalar o‘rnatilganini avval ta’kidlagan o‘tgan edik. Xozirda ularni o‘rnatilganidan boshlab, ishga tushirish, ma’lumotlarni olish, qayta ishlash va olingan ma’lumotlardan foydalanish kabi jarayonlar o‘simliklarning karantin isnpeksiayasi xodimlari tomonidan amalga oshirib kelinmoqda,

Bugun biz siz bilan mutaxassislarning meteostansiyalarni qishloq xo‘jalik amaliyotiga tatbiq qilish borasidagi fikri bilan o‘rtoqlashmoqchimiz.

Intervyu Namangan viloyati Chortoq tumani o‘simliklar karantini inspeksiyasining xodimi Sherzod Yusupov bilan olib borildi.

“Fermer xo‘jaligida o‘rnatilagn meteostansiyalar samarodligi haqida fikringiz qanday?”

- O‘ylaymanki, bu kelajakda zararkunanda va hashorotlarni tarqalishini, xatto-ki endigina rivojlanishni boshlashgan bosqichdagisini ham o‘z vaqtida olidini olishga bizga ko‘mak bera oladigan ajoyib loyiha bo‘ldi. Men shunga aminmanki, o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan profilaktik choralar kurash olib borishdan iqtisodiy jihatdan tejamli va ta’sirliroqdir. Masalan, meteostansiyamiz 7ta mevali daraxtlarning (olma, o`rik, olho`ri, gilos, shaftoli, nok va uzum) har biri uchun, 5ta turdagi zararkunandalar 21 turddagi kasalliklar bo‘yicha prognoz bera oladi. Bunda bir mevaning zararkunandasi va kasalligi boshka turdagi mevalarda ham uchrashi mumkin. Menga meteostansiya nafaqat bashorat qilishi, balki yuqori hosil olishda muhim rol o‘ynaydigan sug‘orish vatqlarini ham tashkillashtirishda yordam berishi juda yoqadi. Agar malaka bilan yondashilsa, kichik fermer xo‘jaliklari uchun yuqoridagi ko‘rsatkichlar o‘z vaqtida himoya choralarini ko‘rishlari va keyingi qadamlarini rejalashtirib olishlari uchun yetarli bo‘ladi, deb hisoblayman.

«Qancha odam meteostansiya xizmatlaridan foydalanishi mumkin deb o‘ylaysiz?»

- Bizning misolimizda meteostansiyamiz maksimal 20 kmgacha bo‘lgan masofani qamrab olishga qodir, lekin 10 kmdan yuqori radiusda bashoratlarning aniqligi keskin tushib ketadi, shuning uchun biz ta’sir doirasini tavsiya etilgan 5km atrofida qilib belgilab oldik, taxminan bu 8000 gektarga yaqin maydon hisobida. Xozirgi kunda meteostansiyamiz xizmatidan fermerlar, tomorqa egalari, meteostansiya ko‘rsatmalarini o‘z faoliyatlarida qo‘llaydigan turli tashkilot vakillari bilan bo‘lib 46 kishi foydalanmoqda. Ushbu foydalanuvchilar uchun biz telegram guruh tashkil qilib, u yerda bog‘dagi o‘zgarishlar borasida muntazam yangiliklarni joylab kelmoqdamiz. Masalan, ob-havo ko‘rsatkichlari va shu haroratda qaysi turdagi kasallik va zararkunadalarning ko‘payish ehtimolligi yuqoriligi, havo va tuproq namligi darajasi va bundan kelib chiqib sug‘orilish darajasi, qo‘llaniladigan profilaktik choralar va h.k. O‘ylayman-ki, tez orada qiziqqan obunachilarimiz soni yana ortadi.

«Nima deb o‘ylaysiz, meteostansiyani ishlatishda kamchiliklar ham mavjudmi?»

- Birinchi bo‘lib boshlash har doim ham oson emas, deb hisoblayman, chunki sen kelajakda yo‘l qo‘ymaslik kerak bo‘lgan xato va kamchiliklarga birinchi bo‘lib to‘qnash kelasan. Karantin inspeksiyasining xodimi sifatida istar edimki, meteostansiyamiz mevalardan tashqari sabzavotlar, poliz ekinlari haqida, quyidagi kolorado qo‘ng‘izi, kartoshka kuyasi, komstok qurti, ambroziya, ayrim yovvoyi o‘tlar turlari kabi karantin ob’ektlari haqida ham ma’lumotlar bersa. Lekin xozir sinovdan o‘tayotganligini hisobga olsak, kelajakda xali keng qamrovli ko‘rsatkichlarga obuna bo‘lish imkoniyatimiz bo‘ladi deb hisoblayman.

«Meteostansiyalar ishini istiqbolani qanday ko‘rmoqdasiz?»

- Uzoqqa nazar solmayman, ammo xozirning o‘zidayoq aytishim mumkinki, bir tuman uchun bitta meteostansiya kamlik qiladi, chunki bir xududning ko‘rsatkichlari butun tuman uchun to‘g‘ri kelmaydi. Misol uchun, yuqori zonada qandaydir kasallanish holatlarining belgilari endigina namoyon bo‘layotgan bir paytda, quyi xududlarda u avjiga chiqib bo‘lgan bo‘ladi. Shuningdek, olib borilayotgan ishlar bilan qo‘shni bog‘ xududlarini ham qamrab olishi kerak, axir doim ham kasallik va zararkunandalarning paydo bo‘lishi tabiat bilan bog‘liq bo‘lavermaydi, goho bunga insonning o‘zi ham sababchi bo‘lib qoladi. Aytaylik, ariq yo‘nalishing tepa qismida ishlov berilmagan bog‘ bo‘lsa, oddiy sug‘orish suvi orqali qanchadan qancha masofagacha zarakunandalarning spora va lichinkalarini oqizib borishi mumkin. Shuning uchun ham profilaktika va kurashish choralari yoppasiga va bir vaqtning o‘zida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Shundan kelib chiqqan holda ayta olmanki, o‘z vatida olingan bashoratlarga bo‘lgan ehtiyoj, aynan meteostansiyalarga va boshqa qishloq xo‘jaligining raqamli texnologiyalariga bo‘lgan talablar ortib boraveradi.

«Loyihaning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rejalaringiz qanday, axir obuna, internet xizmatlari, simkartalarni ishlatish kabilar moliyaviy mablag‘lar talab qiladi?»

- Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, biz uchun bu yil sinov yili bo‘lib, BMTTD loyihasining texnik ko‘magi tufayli xozircha xizmatlarimiz bepul. Lekin o‘ylaymanki, kelajakda xizmatlarimiz pulli bo‘lladi, chunki haqiqatdan ham resurslardan foydalanishning negizida mablag‘ talab etadigan internet xarajatlari, uzulksiz uyali aloqa xizmatlaridan foydalanish, asosiysi ma’lumotlarni doimiy ravishda yuklab, qayta ishlayotgan, tavsiyalarni ishlab chiqayotgan, takliflarni olib, ko‘plab savollarga javob berayotgan mutaxasisining qanchadan qancha mehnati turibdi. Inkor etish qiyin, agar inson sifatli va ishonchli ma’lumot olish pul sarflayotgan bo‘lsa demak bu uning uchun muhimdir. Fursatdan foydalanib aytmoqchimanki, xozirda obunachilarimiz ichida taqdim etilyotgan bashorat va qayta ishlangan meteostansiya ma’lumotlari uchun xaq to‘lashga tayyorlari ham bor.

Suhbatimizning so‘ngida, qishloq xo‘jaligiga tatbiq qilinayotgan innovatsiyalar jaddalashishi va yaqin 3-5 yilda jahon sifat va xavsizlik standartlariga bemalol javob bera oladigan munosib hosil yetishtirishimizda ko‘mak beradigan aqqli texnologiyalar bilan rivojlangan ishlab chiqarish darajasiga yetamiz, deb umid qilaman.