08.06.2020 636

"Biznes menedjment" mavzusida bepul vebinar


Biznes bu juda murakkab ish. Muvaffaqiyatli tadbirkor bir vaqtning o‘zida o‘nlab vazifalarni bajarilishini nazorat qilishi kerak. Bunday ish faoliyati menedjment deb ataladi. Xo‘sh, menedjmentni mukammal o‘rganish uchun nimalarni bilish kerak? Bu savolga javob topish uchun, 2020 yilning 8 iyun kuni, soat 17:00da "Biznes menedjment" mavzusida bo‘lib o‘tadigan vebinarga taklif etamiz. Ushbu loyiha AGROCOMP – Qozog‘iston va O‘zbekistonda qiymat zanjiri, barqaror rivojlanish va eko-innovasiyalarni takomillashtirish orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida tashkil qilinmoqda.

Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

Seminar spikeri: Ravshan Xalitkariev!

Vebinarda qatnashish uchun xavola: https://webinar2.camon.uz/b/sho-y6n-7n4

 

SSP Matbuot-xizmati