08.06.2020 295

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy ishbilarmonlarni 127-chi Xitoy eksport-import tovarlari ko‘rgazmasiga taklif etadi (Canton Fair)


O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish maqsadida. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy ishbilarmonlarni joriy yil 15-24 iyun kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadigan 127-chi Xitoy eksport-import tovarlari ko‘rgazmasida (Canton Fair) ishtirok etishga taklif etadi.

Ushbu yarmarka har yili Xitoyning Savdo vazirligi, Guandjou provinsiyasi Xalq hukumati va Xitoyning tashqi savdo markazi tomonidan yiliga ikki marta, bahorda va kuzda tashkil etiladi. Ko‘rgazma bugungi kunda eng uzoq tarixga ega keng qamrovli xalqaro qo‘rgazmalardan biri xisoblanadi. 

(Batafsil ma'lumot: www.cantonfair.org.cn).

Ko‘rgazmada ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun www.cantonfair.org.cn sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz talab etiladi.

 

SSP Matbuot-xizmati