10.06.2020 325

Farg‘ona viloyatining Beshariq va O‘zbekiston tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil 5-6 iyun' kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali va sifatli bajarilishini ta'minlash bo‘yicha Biznes-ombudsman boshchiligidagi Respublika ishchi guruhining Farg‘ona viloyatining shahar va tumanlarida tadbirkorlar bilan uchrashishi bo‘yicha “Reja-grafik” tasdiqlangan edi.


Yuqoridagi reja grafikka asosan 2020 yil 9 iyun' kuni Farg‘ona viloyatining Beshariq va O‘zbekiston tumanlarida Biznes Ombudsman, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, viloyat hokimligi hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida tumandagi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 


Ushrashuvda tadbirkorlarni qiynayotgan muammo va takliflari tinglanib, ochiq muloqot olib borildi hamda keltirilgan muammoli masalalar joyida o‘rganilib ularning yechimi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi, o‘rganilishi lozim deb topilgan ayrim masalalar alohida nazoratga olindi.

 

SSP Axborot xizmati