10.06.2020 930

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi bilan birgalikda Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti filialining tashkil etilishi bo‘yicha onlayn konferensiya o‘tkazdi.


2020 yilning 10 iyun' kuni, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi, Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti vakillarining Toshkent shahrida Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti filialining tashkil etilishi bo‘yicha onlayn konferensiya» o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil fevral' oyida Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va shu asosda Toshkent shahrida Turkiya Iqtisodiyot va texnologiya universiteti filialini tashkil etish belgilab berilgan edi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston delegasiyasining joriy yil 4-7 mart kunlari Turkiyaning Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetiga tashrifi va uning natijasida hamkorlik kelishuvi imzolanganligini takidlab o‘tish joiz.

Uchrashuv jarayonida Turkiyaning Iqtisodiyot va Texnologiyalar Universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida kadrlarni tayyorlash, oliy ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda Toshkent shahrida Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti filialining ochilishi, unda dual ta'lim, elektron va masofaviy ta'lim texnologiyalarini qo‘llagan holda ingliz tilida amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgan edi.

Onlayn konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyatlari, O‘zbekiston Respublikasining Turkiya davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisining Savdo-iktisodiy masalalar buyicha maslaxatchisi Azizbek Salaxiddinov va O‘zbekiston Respublikasining Turkiya davlatidagi Favqulodda va muxtor elchisining Siyosiy masalalar buyicha maslaxatchisi Shuxrat Yigitaliev, Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er, ikkala mamlakatning ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok yetdi.

Konferensiya davomida TOVV YeTU brendi, veb-sayti, platforma va boshqa materiallardan universitetning Toshkent shahridagi filialini rivojlantirish uchun foydalanish, qolaversa TOVV YeTU diplomini berish, talabalarning qabul qilish shartlari va muddatlarini kelishish va kutubxona fondini, shuningdek ta'lim sohasidagi o‘quv, ilmiy va uslubiy qo‘llanmalarni shakllantirishga ko‘maklashish kabi ishlarni tezkor amalga oshirilish masalalarini tomonlar muhokama qilishdi va mazkur masalalar bo‘yicha ijobiy to‘xtamga kelindi.

Undan tashqari, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab talabalarni qabul qilish, ta'lim jarayonlarini to‘laqonli joriy etish hamda shu sohaga Turkiyaning yetakchi o‘qituvchi-professorlarini jalb qilishga kelishib olindi. 

Ma'lumot uchun Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti 2002 yilda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Universitet faoliyatining o‘ziga xosligi o‘quv rejalarining DUAL ta'limga asoslangan uch semesrtlik o‘quv jarayoni hisoblanib, ta'lim oluvchilarga 2 semestr davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda 3-chi semestrda amaliy ko‘nikmalar shakllanishi muvozanatlashtirilgan. Universitetning ushbu xususiyati uning Turkiya ta'lim tizimida aloxida o‘rin tutishini ta'minlagan.

 “Yosh universitetlar: mingyillik universitetlari” reytingida universitet 32 o‘rinni egallagan.

SSP Matbuot-xizmati