15.06.2020 1270

"Siz tadbirkormisiz yoki xodim" mavzusida navbatdagi vebinar.


AGROCOMP – Qozog‘iston va O‘zbekistonda qiymat zanjiri, barqaror rivojlanish va eko-innovasiyalarni takomillashtirish orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida bepul vebinarlar tashkil qilib kelinmoqda. 

Navbatdagi vebinar 2020 yilning 15 iyun kuni, soat 16:00 da "Siz tadbirkormisiz yoki xodim" mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

Odatda tadbirkor deganda biz biror bir tashkilot rahbarini tushunamiz. Tadbirkor o‘zi ishlamaydi, boshqalarni ishlatadi... lekin aslida, ko‘pincha tadbirkorlar xodimlaridan ko‘ra ko‘proq ish qiladilar. Xo‘sh, buning sababi nimada?

Bu savolga javob topish uchun, Ulug‘bek Hojiahmedovning vebinarida qatnashishga taklif etamiz!

Vebinarda qatnashish uchun havola: https://webinar2.camon.uz/b/sho-f7q-tan 

SSP Axborot-xizmati