17.06.2020 371

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Belarusda o‘tkazilan “Made in Belarus #AgroFood" birinchi onlayn ko‘rgazmasi rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi


2020 yilning 16 iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov Belarus Savdo-sanoat palatasining taklifiga binoan onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan “Made in Belarus” birinchi virtual ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada Belarusning 30 dan ortiq tashkilot  va korxonalari “Qishloq xo‘jaligi” va “Oziq-ovqat” yo‘nalishlarida ishtirok etdilar. Qishloq xo‘jaligi pavilyonida qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalari hamda  bu sohadagi yangi texnologiyalari joylashgan. Oziq-ovqat pavilyonida Belarus oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchilarining yangi mahsulotlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov barchaga tabrik so‘zi bilan murojaat etib, Belaruslik hamkorlarni “Made in Belarus” ko‘rgazmasini muvaffaqiyatli tashkil etilganligi bilan tabrikladi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov kirish so‘zi davomida bugungi kunda yuzaga kelgan pandemiya sharoitidan chiqib ketish yo‘llarini izlash, milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarini kengaytirish masalalariga ham to‘xtalib o‘tdi.

2018-2019 yillarida O‘zbekiston va Belarus davlat rahbarlarining amalga oshirgan rasmiy tashriflari davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlanishida tub o‘zgarishlar, savdo-iqtisodiy, qo‘shma investision loyihalarni amalga oshirish va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida aloqalarni yanada kengayishiga turtki bo‘lganligi ta'kidlandi.

Shu bilan birga, ikki davlat ishbilarmon doira vakillari ham o‘zaro hamkorlikda ishlashdan manfaatdor ekanligi va mazkur tadbirda 200 dan ortiq respublikamizning mahalliy tadbirkorlik subyektlari ko‘rgazmada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tganligi ma'lum qilindi.  

Tadbirda, Belarus va Ukraina Savdo-sanoat palatalari rahbarlari hamda MDH, Yevropa va Osiyo davlatlari vakillar ham ishtirok etdilar.  

Tadbir yakunida O‘zbekiston, Belarus' va Ukraina Savdo-sanoat palatalari rahbarlari ko‘rgazmani an'anaviy tarzda rasman ochib berdilar.

 

SSP Matbuot xizmati