19.06.2020 295

Dorivor o‘simliklar yetishtirish, qayta ishlash va sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi


Prezidentning 2020 yil 10 apreldagi “Yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4670 sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda hamkor vazirlik va idoralar vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi uyushma rahbarlari ishtirok etdi. 

Asosiy e'tibor aholini tabiiy dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, soha samaradorligini oshirish va eksport potensialini kuchaytirishga qaratildi. 

Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Alisher Shukurov dorivor o‘simliklarni yetishtirishda soha mutaxassislarining hamkorligining kengaytirish, bu borada istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish va “O‘zbekiston Respublikasida 2020-2030 yillarda dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash, tabiiy dori vositalar assortimentini ko‘paytirish va sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish strategiyasi” loyihasini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Dorivor va ziravor o‘simliklar yetishtiruchilarni qo‘llab-quvvatlash” bo‘limi boshlig‘i Xolboev Baxtiyor so‘zga chiqib, Savdo-sanoat palatasi tuzilmasida yangi bo‘lim tashkil topgani, uning asosiy vazifasi etib, dorivor va ziravor o‘simlik yetishtiruvchilar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etish, yetishtiriladigan  dorivor va ziravor o‘simliklarning xususiyatlari, ular yetishtiriladigan hududlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron axborot tizimni yaratishlishini takidlab o‘tdi.  

Asosiy masala etib, dorivor va ziravor o‘simliklarni Qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritish,onalik maydonlarini barpo etish, ko‘chatchilik va urug‘chilik tizimini yaratish, dorivor o‘simliklar yetishtirish agrotexnoliyalarini ishlab chiqish soha rivojiga zamin yaratidishi to‘g‘risida kelishib olindi.

 

SSP Matbuot xizmati