19.06.2020 925

"Savdo-sotuv sohasidagi xodimlarni motivasiyasi va boshqaruvi" mavzusidagi vebinar


2020 yilning 19 iyun' kuni, soat 16:00da, "Savdo-sotuv sohasidagi xodimlarni motivasiyasi va boshqaruvi" mavzusida AGROCOMP – Qozog‘iston va O‘zbekistonda qiymat zanjiri, barqaror rivojlanish va eko-innovasiyalarni takomillashtirish orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida yana bir bepul vebinar tashkil qilinmoqda.

Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

Sotuvlarda ko‘pincha butun bir jamoa ishlaydi. Sotuv jarayonining naqadar muvaffaqiyatli bo‘lishini ushbu jamoa malakasi va motivasiyasi hal qiladi. Xo‘sh, sotuv jamoasini qanday qilib boshqarish darkor? Motivasiyani ular qaerdan olishlari mumkin? Bu va boshqa savollarga javob topish uchun, Alisher Rustamovning vebinarida qatnashing!

Vebinarda ishtirok etish uchun havola: http://webinar2.camon.uz/b/sho-zh2-huj

 

SSP Matbuot-xizmati