26.06.2020 204

“Farg‘ona tadbirkori – Farg‘onada islohotchi” tashabbusi doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2020 yil 25 iyun kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashining faollar zalida “Yuksalish” umummilliy harakati, Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Biznes-Ombudsman, Savdo-sanoat palatasi,  “Konrad Adenauer Stiftung” fondi vakili ishtirokida “Farg‘ona tadbirkori – Farg‘onada islohotchi” tashabbusi doirasida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushrashuvda “Yuksalish” umummilliy harakati rahbari-Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burxonov, Biznes-Ombudsman Dilmurod Kasimov, “Konrad Adenauer Stiftung” fondi vakili Ronni Xayn va Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Jahongir Mamadjanovlar nutq so‘zladilar.

So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda tadbirkorlik sub'ektlariga o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun ko‘plab qulaylik va imkoniyatlar yaratilayotganligini, yaratilgan imtiyoz va yengilliklar mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilayotganini, tadbirkorlar taraqqiyotning yetakchi kuchiga aylanib, ularni rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganini alohida ta'kidlab o‘tdilar.

Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari J.Mamadjanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4399 sonli qaroriga muvofiq, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 9 ta tadbirkorlikka o‘qitish “Biznes-inkubator” markazlari tashkil etilayotganini, ushbu “Biznes-inkubator markazlarining asosiy maqsadi, Farg‘ona vodiysida yangi faoliyat boshlayotgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish joylarini yaratishga ko‘mak berishdan iborat ekanligini aytib o‘tdi.

SSP Axborot-xizmati