06.07.2020 218

Savdo-sanoat palatasi vakillari tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazdilar


Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari F. Toshpo'latov boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh 2020-yilning 3-iuyl kuni Jizzax viloyatida bo'lib, u yerda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvlar tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritayotgan joylarda tashkil etilib, muloqot jarayonida tadbirkorllikka oid masalalar va takliflar atroflicha o'rganildi. 

Bu kabi uchrashuvlar mamlakatimizning barcha viloyatlarida tashkil etilib kelinmoqda. 

Jumladan 2020 yil 4-iyul Sirdaryo viloyatiga ham safar uyishtirildi hamda u yerdagi tadbirkorlik faoliyatidagi o'zgarishlar, innovatsiyalar va bir qator muammolar o'rganildi. Mazkur muammolarni joylarda hal etish masalalari ko'rib chiqildi. 

Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhning barcha viloyatlarga safari rejalashtirilmoqda.

SSP Matbuot xizmati