06.07.2020 213

Toshkent viloyati Yangiyo'l shahar TKM va Bosh vazir qabulxonasi bilan birgalikda mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar muammolari o'rganilmoqda.


2020 yil 30 iyun, 1 iyul kunlari SSP Toshkent viloyat Yangiyo‘l shahar TKM va Hunarmandlar uyushmasi shahar bo‘limi va Bosh vazir qabulxonasining shahar bo‘limi bilan birgalikda Yangiyo‘l shahar Farovon, Fayzli va Oltinobod MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashib muammolarini o‘rganishdi. O‘rganish jarayonida “MIKRO STAR INTERNATIONAL” MChJ qop ishlab chiqarish korxonasi, “CHEVAR TEXTIL KOMFORT” MChJ tekstil ishlab chiqarish va “VERA MODA” MChJ tekstil ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishildi va hozirgi kunda ularni qiynayotgan muammolar mavjud emasliklarini bildirishdi. Boshqa tadbirkorlarning elektr bilan bog‘liq kichik muammolari joyida hal etildi.

Yangiyo‘l shahar mahallalarida aholining tadbirkorlikka qiziqishlari borlarini tadbirkorlikka jalb etishda maslahatlar berildi. Jumladan Hunarmandchilikka berilgan imkoniyat va imtiyoz, «Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilinganligi va boshqa imtiyoz va imkoniyatlar bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Uy sharoitida tikuvchilik bilan shug‘illanayotgan 7 nafar ayollar va 3 nafar yoshlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazib imtiyozli kreditlarni o‘zlashtirishda “Har bir oila tadbirkor” dasturiga yo‘naltirilib amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

SSP Axborot-xizmati