06.07.2020 251

Farg‘ona viloyatida koronavirus kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi


2020 yil 4-5 iyul kunlari Savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining 16.06.2020 yildagi VI-VIII/40-sonli qarori ijrosini ta'minlash va viloyatda pandemiya davrida koronovirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlashini ta'minlash, o‘rnatilgan karantin rejimi holati ustidan monitoring olib borish maqsadida O‘zbekiston, Buvayda, Uchko‘prik tumanlari va Qo‘qon, Quvasoy shaharlarida bo‘lib, tadbirkorlik sub'ektlarida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar.

Xususan, Buvayda tumani “Nurafshon Ziyo tekstil'” MChJ, O‘zbekiston tumani “Daza Food” MChJ, Qusavoy shahar “Farrux Soy bo‘yi” oilaviy korxonalarida pandemiya davrida koronovirus infeksiyasini tarqalishini oldini olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlari ko‘zdan kechirildi hamda ishchi-xodimlar uchun bepul anticeptik vositalar va tibbiy niqoblar tarqatildi.

O‘zbekiston tumanida joylashgan “Dehqon bozori” hududida olib borilgan dezinfeksiya ishlarida ham faol qatnashdilar.

Bundan tashqari, shahar va tumanlarda koronavirus kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida tashkil etilgan ShTABlar faoliyati bilan tanishdilar.

Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida olib borilmoqda.

SSP Matbuot xizmati