07.07.2020 709

"Agro sohasida menejment va muvaffaqiyat sirlari" mavzusida navbatdagi seminar.


AGROCOMP – Qozog‘iston va O‘zbekistonda qiymat zanjiri, barqaror rivojlanish va eko-innovasiyalarni takomillashtirish orqali O‘zbekiston va Qozog‘iston oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sanoati korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish loyihasi doirasida bepul vebinar tashkil qilinmoqda.

Navbatdagi vebinar 2020 yilning 08 iyul kuni, soat 16:00 da "Agro sohasida menejment va muvaffaqiyat sirlari"  mavzusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

Har qanday sohada boshqaruv katta rol o‘ynaydi. Agro sohasi ham bundan mustasno emas. Menejment ko‘pincha agrosanoat vakilining muvaffaqiyatini garovi hisoblanadi.

Xo‘sh, agro sohasidagi menedjment qanday bo‘lishi kerak?

Bu savolga javob topish uchun, Dilshod Ibragimovning vebinarida qatnashing!

Vebinarda qatnashish uchun havola: https://webinar2.camon.uz/b/sho-mgr-a4y

SSP Axborot-xizmati