07.07.2020 278

“TOBB ETU” universitetining Toshkentdagi filiali faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha videokonferensiya shaklidagi yig‘ilish tashkil etildi


2020 yil 3 iyul' kuni Savdo-sanoat palatasida Toshkent shahridagi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filiali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Turkiyalik hamkorkorlar bilan videokonferensiya yig‘ilishi tashkil etildi. 


Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Raisining o‘rinbosari F.Usmanov, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi direktori U.Kamaletdinov va Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining “TOBB ETU” Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti rektori Guven Sak, universitet prorektori Yusuf Sarinay, universitet xalqaro aloqalar bo‘limi mudiri Arda To‘qat, Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqining xalqaro aloqalar va tadbirkorlik bo‘lim mudiri Adem Kula, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori K.Sharipov hamda universitetning Xalqaro xamkorlik bo‘yicha prorektor D.Begmatova ishtirok etdilar. 


Yig‘ilish avvalida Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramovning videomurojaati yig‘ilish ishtirokchilarga taqdim etilib, bunda A.Ikramov tomonidan Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi prezidenti Rifat Xisarchiklioglu janoblariga hamda “TOBB ETU” universitetining mutasaddi vakillariga mazkur universitetining O‘zbekistondagi filialini tashkil qilishda salmoqli hissalarini qo‘shib kelayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi. 


Ushbu yig‘ilishda tashkil etilayotgan universitet filialining faoliyatini jahon standartlari asosida tashkil qilish, o‘quv binosini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish, o‘quv xonalarini o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan ta'minlash, Savdo-sanoat palatasi tomonidan filialda ta'lim oluvchi talabalar uchun maxsus imtiyozli grantlar ajratish, abiturientlarni qabul qilish uchun qabul tartibi va onlayn platformani ishga tushirish kabi masalalar muhokama qilindi. 
Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan yig‘ilish kun tartibida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:

  1. Filial faoliyati to‘g‘risida matbuot-anjumanini tashkil etishni kelishish masalalari muhokama qilindi. 
  2. Filialga abiturienlarni qabul qilish jarayonini boshlash uchun onlayn qabul tartibi va platformasini kelishish;
  3. Filial nizom loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  4. Filial faoliyati to‘g‘risida matbuot-anjumanini tashkil etishni kelishish masalalari muhokama qilindi

Turkiyalik hamkorlar tomonidan “TOBB ETU” universitetining Turkiyadagi faoliyatining tizimi va bir qator qulayliklari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Shu bilan bir qatorda Toshkent davlat iqtisodiyot unversitetining Xalqaro xamkorlik bo‘yicha prorektori D.Begmatova tomonidan mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalarini tashkil qilish va ularni faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasidagi standartlar hamda tashkil etilishi rejalashtirilayotgan universitetning qabul kvotalari va o‘qitish tizimi bo‘yicha bir qator takliflarni ilgari surdi.
Bundan tashqari Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov ishtirokchilarga mazkur universitet filialini mamlakatimizda tashkil etish borasidagi sayi harakatlari uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonlik abiturientlarda “TOBB ETU” universitetiga qiziqish yuqori ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali Vasiylik kengashining 1-yig‘ilishini o‘tkazish sanasi belgilab olindi.

SSP Matbuot xizmati