08.07.2020 244

Savdo-sanoat palatasi Samarqand startap inkubator markazida rezidentlar bilan davra suxbati o‘tkazdi


2020 yilning 7-iyul kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining Tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarini himoya qilish sektori bosh mutaxassisi Nafisa Jumanazarova hamda Axborot va maslaxat yordamini ko‘rsatish sektori mudiri Faridun Raxmonov Samarqand shahridagi kasb-hunarga o‘qitish markazida tashkil etilgan Samarqand startap inkubator markazida rezidentlar bilan davra suxbati o‘tkazdi.

Davra suxbati davomida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish, mahsulotlar marketingi va eksporti, tadbirkorlik sub'ektlarining savodxonligini oshirish, tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquq va manfaatlari to‘g‘risida ma'lumot va maslaxatlar berildi.

SSP Matbuot xizmati