15.07.2020 190

«Ayollar biznesini tashkil qilish bo‘yicha o‘nta dars» mavzusida onlayn muloqot tashkil etilmoqda


Joriy yilning 27 iyul' kuni soat 14.30 da (Toshkent vaqti) O‘zbekistonda xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida, «Ayollar biznesini tashkil qilish bo‘yicha o‘nta dars» mavzusida Bel'giyada yashovchi vatandoshimiz, innovasion biznes loyihalar asoschisi, Microsoft, Google va boshqa xalqaro marketing agentliklarida ishlagan, Bel'giyada tadbirkor ayollar notijorat tashkiloti asoschisi Anna Boroshyuk bilan onlayn muloqot o‘tkazish rejalashtirilgan.

Tadbir davomida xotin-qizlarning o‘z bizneslarini tashkil qilishlariga turtki berish, dastlabki bosqichdagi qadamlarni to‘g‘ri tashlash hamda yuqori texnologiyali biznes loyihalar-startaplar yaratishga yo‘naltirish, ular bilan xorijiy tajribani o‘rtoqlashish orqali Yevropa talablariga mos milliy mahsulotlarni ko‘paytirish xususida ma'lumot beriladi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda qiziqish bildirgan ishbilarmon ayollarga doimiy ravishda onlayn darslar tashkil qilish va ularning mahsulotlarini Yevropa bozorlariga olib chiqishga ko‘maklashish imkoniyatlari ham mavjud.
Vebinarga «zoom» dasturi orqali: https://zoom.us/j/91742002266, anjuman identifikatori: 917 4200 2266 hamda qo‘shimcha ma'lumotlar uchun elchixona xodimi A.Abdurashidov bilan +32488414806  (Telegram, WhatsArp, Imo va boshqa) telefon orqali bog‘lanish yoki elektron manzilga (consulat@uzbekistan.be yoki 026612042@mail.ru) taklif va fikrlaringizni yuborishingiz mumkin.

SSP Matbuot xizmati