18.07.2016 4732

Axborot-maslahat markazlari tomonidan 2016 yilning birinchi yarim yilligida 28 832 ta xizmat ko‘rsatildi


Savdo-sanoat Palatasining tuman (shahar) Axborot-maslahat markazlari tomonidan 2016 yilning birinchi yarim yilligida tadbirkorlik sub’ektlariga jami  28 832 ta xizmat ko‘rsatildi.

Jumladan, Tadbirkorlik sub’ektlari uchun ta’sis hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha 5 056 ta va biznes rejalarni tayyorlash bo‘yicha 1 651 ta hujjatlar tayyorlab berilgan.

Yuridik ko‘mak bo‘yicha 435 ta, konsalting va axborot xizmatlari bo‘yicha 12 653 ta xizmat ko‘rsatilgan.

816 ta  tadbirkorlik sub’ektiga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, hisobotlarni elektron taqdim etishga ko‘mak berilgan.

Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ehtiyojiga ko‘ra, turli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta qilishga oid 582 ta xizmat ko‘rsatilgan.