24.09.2020 271

SSPning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida Iqtisodiy va Fuqarolik sudlarning sudyalari ishtirokida seminar o‘tkazildi


 

Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar  amalga oshirib kelinmoqda.

2020 yil  24 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasi Navoiy hududiy boshqarmasi binosida viloyatdagi tijorat banklarining huquqshunoslari, Iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subektlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Seminar davomida bugungi pandemiya sharoitida Yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlik subektlari faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan to‘siqlarni  bartaraf etish, faoliyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ijrosini ta'minlashda Savdo-sanoat palatasining rolini yanada oshirish hamda istiqboldagi rejalar to‘g‘risida takliflar bildirildi.

2020 yil yanvar-avgust oylari davomida Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasiga tadbirkorlik, xo‘jalik yurituvchi subyektlaridan buzilgan huquqlarini himoya qilishni so‘rab 437 ta murojaat kelib tushgan.

Ushbu murojaatlarning aksariyati tomonlar o‘rtasida imzolangan yoki shartlashilgan kelishuvlar lozim darajada bajarmaganlik oqibatida vujudga kelgan nizolarni hal etishda ko‘maklashishdan iboratdir.

Murojaatlarni tahlil etishda ayrim holatlarda davlat va xo‘jalik boshqaruvi yoki nazorat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'ektining huquqlarini cheklashga doir holatlarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rash holatlari ham mavjud.

Qonun bilan Palataga berilgan vakolatlardan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlarining manfaatida 2020 yil yanvar-avgust oylari davomida sudlarga jami bo‘lib 1264 ta da'vo arizalari bilan murojaat qilingan.

Bulardan 724 tasi iqtisodiy sudlarga, 531 tasi  fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, 9 tasi ma'muriy sudga taqdim etilgan.

Ushbu da'vo arizalarining 90 foizi ijobiy hal qilinib, tadbirkorlar manfaatida hal qilib berilgan.