08.08.2016 2706

Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Moliyaviy savodxonlik» mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 1-3 avgust  kunlari Nukus shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi  Jahon bankining Xalqaro moliya tashkiloti (IFC) bilan hamkorlikda Palataning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, tuman(shahar) tuzilmalari xodimlariga va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy savodhonlik mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

     

Mazkur o‘quv seminarii doirasida Xalqaro moliya korporatsiyasi trenerlari tomonidan omonatlarni qanday boshqarish, biznes reja, moliyalashtirish va moliyaviy infratuzilmalar mavzularida chuqurlashtirilgan ma’ruzalar o‘tildi. Shuningdek, seminar davomida sarmoyalarni samarali boshqarish, moliyaviy rejalashtirish, jamg‘arma mablag‘larni qaerga sarmoya qilish mumkunligi, biznes reja tuzish va uning asosiy maqsadi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi va Xususiylashtirish,  monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunuvchi moliyaviy tashkilotlar tizimi, ularning tarkibi, xususan, banklar, mikromoliyalash institutlari, lombardlar, kredit byurolari, garov reestri, mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.

Mazkur seminar hududiy boshqarma hamda tuman(shahar) tuzilmalari xodimlarining өz bilimlarini yanada mukammallashtirishga,  mutaxassislar kasbiy daraja va ko‘nikmalarini oshirishda, tajribalarini ommalashtirish, biznes reja tuzishda, kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub’ektlariga yanada aniq va chuqurlashtirilgan ma’lumotlor berishda, tadbirkorlarga jamg‘arma mablag‘larni qaerga sarmoya qilish mumkunligi haqida maslaxatlar berishda ko‘mak beradi. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik sub’ektlarining o‘z moliyaviy tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ularni boshqarishda tegishli mutaxassislarning maslaxatlarini olishiga imkon beradi.

Treningning yakuniy kunida seminar ishtirokchilarnining o‘quv jarayonida olgan bilimlarini tekshirish maqsadida test sinovlari va amaliy topshiriqlar berildi. Unda ishtirokchilar өz bilimlarini  sinovdan o‘tkazdi.

O'zSSP Matbuot xizmati