19.08.2016 2933

Samarqand viloyatida turizm faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi


Joriy yilning 18 avgust kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi katta majlislar zalida «Samarqand viloyatida turizm faoliyatini yanada rivojlantirish tug‘risida» seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va «Uzbekturizm» Milliy Kompaniyasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.

Seminar o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalliy tadbirkorlik sub’ektlariga hududda turizm sohasini rivojlantirishda yangi texnologik vositalarni joriy qilishda ko‘maklashish, sayyohlarga ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotni keng ommaga targ‘ib etish, turizm sohasidagi xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni  o‘rnatishga ko‘maklashish.

O'zSSP Matbuot xizmati