23.08.2016 4515

1 oktyabrdan boshlab ish haqi va ijtimoiy to‘lovlar miqdori oshadi


Prezidentning “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi 2016 yil 22 avgustdagi Farmoniga binoan 2016 yil 1 oktyabrdan e’tiboran eng kam:

ish haqi – oyiga 149 775 so‘m;

yoshga doir pensiyalar – oyiga 292 940 so‘m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 292 940 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 179 755 so‘m miqdorida belgilandi.

Belgilandiki, ish haqi hamda pensiyalarga qo‘shilgan ustama va qo‘shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to‘lovlar 2016 yilning 1 oktyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Manba: norma.uz