29.08.2016 4729

2 sentyabr dam olish kuni deb e’lon qilindi


Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket uch dam olishi mumkin.

O‘zbekistonda juma, 2 sentyabr dam olish kuni bo‘ladi, yakshanba, 4 sentyabr esa — ish kuni deb e’lon qilindi. Prezident Islom Karimov 26 avgust kuni bu haqdagi qarorga imzo chekdi.

Hujjatda qayd etilishicha, O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma besh yilligi nishonlanishi munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida dam olish kuni ko‘chirildi.