29.08.2016 2987

Tadbirkorlar mashvaratida istiqlol tarannumi


Joriy yilning 25 avgust kuni «Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik» shiori ostida Mustaqillikning 25 yillik bayramiga bag‘ishlangan "Mustaqillik davrida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda erishgan yutuqlar" mavzusida davra suxbati o‘tkazildi.

Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida, palata qoshidagi ayollar biznes klubi bilan hamkorlikda istiqlolning 25 yilligiga bag‘ishlab «Kecha kim edigu bugun kim bo‘ldik», shiori ostida davra suxbati tashkil etildi. Unda tarixan qisqa davrda mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida erishilgan yutuqlar, ishbilarmonlik va ishlab chiqarish sub’ektlarini rivojlantirishga berilayotgan e’tibor tadbir ishtirokchilarining bosh mavzusiga aylandi.

Ta’kidlandiki, mustaqillikgacha yurtimizga import sifatida kirib kelgan mahsulotlar bugun mahalliy tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Bu ham istiqlolning sharofatidan. Endigi vazifa esa mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va logistika tizimidagi oqsalishlarni bartaraf etishga qaratilishi lozim.

- Biz shu vaqtgacha Buxoro viloyatidagi «Lividiya» xususiy korxonasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va zaxiralash yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan bo‘lsak, joriy yilning may oyidan palataning tashabbusi bilan mahsulotlarni quritish va qadoqlash liniyalarini ishga tushirdik, - deydi «Dilafro‘z bog‘i savdo» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori Dilafro‘z Rizaeva. – Shuningdek, Rossiya va Qozog‘iston davlatlariga 100 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishga kelishib oldik. Bundan tashqari, menejerlarimiz yaqinda Polьsha davlatida bo‘ladigan yarmarkaga o‘z mahsulotlarimizni yanada tanitish bilan birga oziq-ovqat mahsulotlarining eksport va importiga oid hamkorlik o‘rnatishga boryapti. Bu uchrashuv doirasida palata ko‘magida polьshalik hamkorlar bilan u erda O‘zbekiston savdo uyi ochish rejasini ham kelishib olmoqchimiz.

O'zSSP Matbuot xizmati