09.09.2016 1291

Abu Dhabi Hardware Show 2016


Joriy yilning 3-5 oktyabr kunlari Abu Dabi shahrida sanoat mahsulotlariga bag‘ishlangan “Abu Dhabi Hardware Show 2016 (ADHS)”, shuning bilan birgalikda, “Air-Conditioning & Ventilation” nomli konditsioner va ventilyatsiya tizimi mahsulotlari savdo ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur keng qamrovli  ko‘rgazma sanoat-qurilish, santexnika va elektronika mahsulotlari, uy jihozlari, bog‘dorchilik, xavfsizlik texnikalari hamda yoritish qurilmalarini qamrab oladi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, mazkur ko‘rgazmada qatnashish istagida bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub’ektlari o‘z takliflarini Palataning eksportga ko‘maklashish, savdo-sanoat ko‘rgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish bo‘limiga  (e.minovarov@chamber.uz) elektron ko‘rinishda taqdim etishlarini so‘raymiz.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining +998 71 150-91-69 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

O'zSSP Matbuot xizmati