Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘limi

4514

Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘limi NIZOMI (rus tilida - .pdf 623 kb) 

  •  
    Vazifalar
    • Tadbirkorlikni rivojlantirishga oid axborotni tahlil qilish, prognozlar va stsenariylarni ishlab chiqish, Palata raisiga tegishli takliflarni tayyorlash.
    • Palata raisining nutqlari uchun materiallar to‘plash, tahlil qilish va tayyorlash.
    • Nizomga oid vazifalar va boshqa dasturiy hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha Palataning ish rejasi loyihalarini tayyorlash, shuningdek, muvofiq qarorlarning amalga oshirilishini tahlil qilish.
    • O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik, avvalo, kichik va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
    • Tadbirkorlarga keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etish, jumladan, maslahat yordami va axborot ta’minoti, O‘zbekiston Respublikasi va xorijdagi tadbirkorlikning huquqiy muhiti haqidagi axborot keltirilgan turli materiallar, broshyuralarni chop etishga tayyorlash.
    • Tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari va amaliyotini joriy etish uchun qulay muhitni shakllantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.
    • Savdo-sanoat palatasi raisi faoliyatining ekspert ta’minoti bilan bog‘liq nashriy, ilmiy, ta’limiy, axborot va boshqa iqtisodiy loyihalarga tashkiliy va uslubiy hamrohlik qilishda ishtirok etish.
    • Mahalliy korxonalarning biznes yuritish amaliyotini rivojlantirish va ularda axborot-kommunikatsi texnologiyalarini joriy etish, jumladan, elektron axborot tarmoqlari va umuman AKT masalalari sohasida Palata faoliyatining ekspert va axborot ta’minotida ishtirok etish.
    • Davlat hokimiyati organlarining ekspert xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
    • Texnik ko‘mak loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va borishini monitoring qilish.
    • O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining innovatsion yo‘nalishlarini rivojlantirishga yordam berish, jumladan, muqobil energiya manbalari sohasida loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish.
    • Palata faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha dasturiy mahsulotlar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlash.
    • Palata raisi bilan milliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ekspert-tahliliy tuzilmalar va ekspert tashkilotlarning alohida vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni tashkillashtirish, ta’minlash va hamrohlik qilish.
    • Palataning Kadrlar bo‘limi hamkorligida xodimlarni o‘qitish va qayta tayyorlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Palata raisiga takliflarni tayyorlash.
    • Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, notijorat fondlar va boshqa tashkilotlar tomonidan Rais nomiga kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish.
    • Bo‘lim vakolatiga doir masalalar bo‘yicha Palata raisining qarorlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish.
    • Palata faoliyatining moddiy-texnik ta’minotini rejalashtirishda ishtirok etish.
    • Palata faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
    • Palataning boshqa tuzilmaviy bo‘limlari hamkorligida tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, Palata qurultoyida belgilangan vazifalarga muvofiq ravishda strategik rejani ishlab chiqish.
    • Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish sohasida takliflar taqdim etish.
    • Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik va qonunosti hujjatlarini qo‘llashning uslubiy asoslarini ishlab chiqish.
    • Boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ishtirok etish.
    • Biznes yuritishning umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
    • Tadbirkorlarga keng ko‘lamli xizmatlar taqdim etish, jumladan, videokonferentsiyalar, Internet konferentsiyalar, seminarlar, forumlar, davra suhbatlarini tashkil etish va o‘tkazish.
    • Bo‘lim faoliyatining asosiy yo‘nalishlariga doir sohada chet ellik hamkorlar bilan ishbilarmon aloqalarni kengaytirishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash.
    • Palataning strategik va joriy rejalari loyihalarini ishlab chiqish, tuzilmaviy bo‘limlar faoliyatining rejasi va hisobotlari bo‘yicha Palata tuzilmaviy bo‘linmalarining takliflarini umumlashtirish.
    • Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
    • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq ravishda Palata faoliyati va Bo‘lim vakolati doirasidan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
    • O‘zbekistonda biznes-ta’lim tizimi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
    • Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlash va ta’lim berish tizimini rivojlantirishga yordam berish, mazkur sohada davlat dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish.
    • O‘zbekistonda biznes-ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha Palata kontseptsiyasi ishlab chiqilishida ishtirok etish.
    • Mahalliy ilmiy va ishbilarmon doiralarni biznes-ta’lim muammolari bo‘yicha xalqaro va xoridiy milliy assambleyalar, konferentsiyalar, simpoziumlarning ishlariga jalb qilish.
  •  
    Funktsiyalar

    Bo‘limning asosiy funktsiyalari quyidagilar:

    • Palata rahbariyati tomonidan nizomga oid vazifalar va qonuniy vakolatlari amalga oshirilishi maqsadida Palata raisi faoliyatining ekspert-tahliliy va axborot ta’minoti.
    • Palata raisining topshirig‘iga binoan Palata qoshidagi kengash va maslahat organlar faoliyatining ekspert va axborot ta’minoti.
    • Palata raisining buyrug‘iga binoan Savdo-sanoat palatasining mustaqil bo‘linmalari axborot-tahliliy va ekspert materiallar bilan ta’minlanishini qo‘llab-quvvatlash.
    • Tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
    • O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.
    • Boshqa mamlakatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish.
    • Bo‘limning vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Palata faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga oid marketing tadqiqotlarda ishtirok etish.
    • Bo‘lim vakolatlari doirasida Palataning boshqa tuzimaviy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va unitar korxonalari, tadbirkorlar jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
    • Tadbirkorlarga biznes kataloglar chop etilishini tashkillashtirish, seminarlar, forumlar, konferentsiyalar, davra suhbatlarini o‘tkazishda yordam berish.
    • Tadbirkorlik faoliyati va biznesni amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
    • O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati va biznes to‘g‘risidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarini qo‘llash amaliyoti bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish.
    • Tadbirkorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga doir qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlar va Palata rahbariyatiga taqdim etish.

     

                Bo‘limning qo‘shimcha funktsiyalari quyidagilar:

    • Qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazish.
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezideti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari tayyorlanishida ishtirok etish.
    • Tadbirkorlik sohasida qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Palataning tuzilmaviy bo‘linmalari va boshqa organlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
    • Tadbirkorlik sub’ektlari, jumladan, Palata a’zolarining qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini tahlil qilish, umumlashtirish va ularning Palata rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish.
    • OAV, jumladan, televidenie va radio uchun materiallar va maqolalar tayyorlash.
    • Yuridik xulosalarga takliflar, tahliliy ma’lumotnomalar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik rivojlanishini tartibga solish masalalari bo‘yicha ekspertizalar o‘tkazish.
    • Biznesni rivojlantirish masalalari bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga maslahat berish.
    • Tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularda keltirilgan masalalarni hal qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash, ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish va qaror chiqarish uchun yo‘llash.
    • O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha tadbirkorlik doiralari va davlat organlari ishtirokida konferentsiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkillashtirish.
    • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish respublika muvofiqlashtirish kengashining majlislariga materiallarni tayyorlash.
    • Tadbirkorlik faoliyatining axborot ta’minoti va O‘zbekiston Respublikasi va xorijda ta’lim muammolari bo‘yicha konferentsiyalar, ko‘rgazmalar, seminarlar, simpoziumlar, assambleyalar ishi bo‘yicha takliflar tayyorlash, ularni tashkillashtirish, ishtirok etish. Ularning ishida ishtirok etish uchun mahalliy ilmiy va ishbilarmon doiralarni jalb qilish.
    • Maslahat berish va biznes-ta’lim sohasida milliy ekspertlar haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
    • Maslahat berish va biznes-ta’lim sohasida Palata hududiy boshqarmalari xodimlarining malakasini oshirishga yordam berish.
    • Palata hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik masalasi bo‘yicha o‘qitilishi tashkil qilish.