SBT / Kaydzen

5992

Kaydzen – yapon falsafasi va amaliyoti bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini, yordamchi biznes jarayonlari, boshqaruvni shuning bilan birgalikda xayotning barcha jabhalarini  uzuliksiz takomillashtirishga qaratilgandir.

Hozirgi vaqtda tadbirkorlik va biznesdagi “Kaydzen” – ishlab chiqarishdan boshlab boshqarishgacha bo‘lgan barcha pog‘onalarda doimiy yaxshilanish, yangiliklarni qo‘llash natijasida tejamkorlikka erishish, ya’ni chiqitsiz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni anglatadi. Kaydzen atamasi 2-jaxon urushidan keyin Yapon firmalarida ishlatila boshladi, jamladan “Toyota” kompaniyasida va dunyo bo‘ylab biznes falsafasi, ishlab chiqarish va boshqarishni uzuliksiz takomillashtirish usuli sifatida tarqaldi.  Ushbu atamani ommalashishiga asosiy sabab, 1980 yildan boshlab AQShga Yaponiyada ishlab chiqarilgan “Toyota” avtomashinalari kirib kela boshlaydi va qisqa davrda AQShni ichki avtomobil bozorini 30 % ni egallab oladi. Buning sababini bilishga qiziqish juda kuchaygan, uni o‘rganish uchun alohida fondlar tashkil qilingan. Ular tomonidan olib borilgan izlanishlar  natijasida Yaponiya iqtisodiyotining tez sur’atlar bilan rivojlanishining   asosiy sababi ishlab chiqarishning “Kaydzen” usuli qo‘llanilishi ko‘rsatilgan.

Yapon tilida “Kaydzen” so‘zi – uzuliksiz takomillashtirish degan ma’noni anglatadi. Ushbu metoddan foydalanish nisbatan kam xarajat bo‘lib, ishchi xizmatchilardan tortib boshqaruvchigacha bo‘lgan barchani qamrab oladi va ularni uzuliksiz takomillashtirishda ishtirok etishi foydani maksimallashtirishini asoslab beradi.