Afzalliklari va imkoniyatlar

10826

O‘zR SSP A`ZOLARI UCHUN AFZALLIK VA IMKONIYATLAR

 

  •  
    Tadbirkorlarning huquqiy himoyasiy
    • soliqqa tortish, bojxona, xo‘jalik huquqi, bank qonunchiligi, qurilish kabi sohalarga oid O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligi bo‘yicha bepul maslahat olish;
    • tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini davlat sudlarida, davlat organlari, boshqa tadbirkorlik sub’ektlari, xorijlik hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlari jarayonida ifoda etish;
    • davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan holda davlat sudlarga da’vo arizalarini kiritish;
    • nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlar faoliyati tekshirilganida Palata xodimlarining ishtirok etishi;
    • imtiyozli shartlarda O‘zSSP hakamlik sudlarida ishlarni ko‘rib chiqish.

     

    Aloqa uchun:

    Yuridik ekspertiza va tadbirkorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-60-05, Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: law@chamber.uz

  •  
    Tovarlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash
    • tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish, eksport va import shartnomalarini tuzish va ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
    • xorijiy eksport va import qiluvchi kompaniyalar, chet el mamlakatlarining yirik ulgurji tashkilotlari haqida bepul ma’lumot olish;
    • O‘zbekiston tadbirkorlik sub’ektlarining eksport qilinayotgan tovarlariga narxlarni tasdiqlash;
    • mahalliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarini, jumladan O‘zR SSPning xorijdagi vakolatxonalai va savdo uylari orqali chet el bozorlarida ilgari surish;
    • O‘zbekiston va chet eldagi ko‘rgazmalarda imtiyozli shartlar asosida ishtirok etish;
    • O‘zbekiston va xorijda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar, biznes-forum, konferentsiya, kooperatsion birja, davra suhbatlarida ishtirok etish.

     

    Aloqa uchun:

    Eksportga ko‘maklashish, savdo-sanoat ko‘rgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish bo‘limi

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-60-07, 233-37-99

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: export@chamber.uz

  •  
    Chet el investitsiyalari va minitexnologiyalar
    • chet el sarmoyadorlarini topish va jalb qilish, mahalliy va xorijiy asbob-uskunalar va texnologiyalarni tanlash va xarid qilishda yuqori malakali mutaxassislardan professional yordam olish;
    • investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash;
    • biznesni rivojlantirish uchun imtiyozli va tijorat kreditlarini olishda ko‘maklashish;
    • chet el kompaniyalari vakillari i xorijiy hamkorlarga viza olishda yordam ko‘rsatish;
    • xorij xizmat safarlarida, jumladan imtiyozli shartlarda ishtirok etish.

     

    Aloqa uchun:

    Zamonaviy minitexnologiyalar va chet el investitsiyalarni jalb qilish bo‘limi

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-60-07, 233-37-99,

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: invest@chamber.uz, protocol@chamber.uz

  •  
    Kadrlarni o‘qitish va qayta tayyorlash
    • tadbirkorlarni O‘zbekiston va chet el mamlakatlari (EI mamlakatlari, Isroil, Malayziya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Hindiston va boshqalar)da iqtisodiyotning turli sohalari bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida o‘qitish va malaka oshirish.

     

    Aloqa uchun:

    Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘limi

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-91-67, Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: info@chamber.uz 

 

 PALATA TOMONIDAN TUZILGAN TASHKILOTLAR KO‘RSATADIGAN XIZMATLAR

 

  •  
    Respublikaning barcha tuman va shaharlarida Palata huzuridagi Axborot-maslahat markazlari va Biznes-markazlari
    • joylardagi tadbirkorlik sub’ektlariga biznesni tashkil etish va rivojlantirishga doir barcha masalalarni hal etishga ko‘maklashish, jumladan:
    • biznes-reja va ta’sis hujjatlarini tayyorlashga yordam berish;
    • sug‘urta, hisob-kitob va soliqqa tortish sohalarida xizmat ko‘rsatish;
    • biznes hamkorlarni topishga ko‘maklashish;
    • respublika tumanlari, shaharlari va viloyatlaridagi barcha idoralar, tashkilot va kompaniyalar bilan aloqa uchun muloqot tashkil qilish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-60-09

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: region@chamber.uz

  •  
    SSP huzuridagi Hakamlik sudi
    • O‘zbekiston Res publikasi tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi fuqarolik-huquqiy va iqtisodiy nizolarni hal etish.

     

    Afzalliklari: nizoning tezkor hal etilishi, tejamkorligi, qarorning qat’iyligi, sud qarori majburiy ijro etilishi imkoniyati.

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 239-43-29,

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    Е-mail: sud@chamber.uz

  •  
    Xalqaro tijorat arbitraj sudi
    • Xorijiy yuridik shaxslar ishtirokidagi fuqarolik-huquqiy va iqtisodiy nizolarni hal etish.

     

    Afzalliklar: nizoning tezkor hal etilishi, maxfiyligi, tejamkorligi, o‘zbek, rus yoki ingliz tilini qo‘llash imkoniyati.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 239-43-29,

    Faks: (+998 71) 233-86-19

    Е-mail: sud@chamber.uz

  •  
    BUSINESS MONITORING GROUP” unitar korxonasi
    • Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat organlariga murojaatlari ko‘rib chiqilishi monitoringini yuritish;
    • Tadbirkorlarning muammolarini hal etish bo‘yicha tezkor xizmat ko‘rsatish;
    • Nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda tadbirkorlik sub’ektlari uchun tezkor huquqiy yordam;
    • tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlar tartib qoidalari bo‘yicha konsulьtativ xizmat ko‘rsatish;
    • tekshirishda tadbirkor huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun Savdo-sanoat palatasining ma’sul xodimlari ishtirokini tezkor ta’minlash xizmati, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan xamkorlik aloqarini o‘rnatish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 232-09-07

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: monitoring@chamber.uz

  •  
    BUSINESS MONITORING GROUP” unitar korxonasi qoshidagi “MEDIA STUDIO
    • tadbirlarda foto va video xizmatlarini ko‘rsatish, tadbirlar yakuniga doir foto va video lavhalarni tayyorlash;
    • tadbirkorlik sub’ektlarining buyurtmasiga binoan reklama foto va video materiallarni tayyorlash;
    • reklama dizayni, ishlab chiqilishi, uni Palata sayti, bosma nashrlarida imtiyozli shartlarda joylashtirish;
    • saytlar va bosma nashrlar dizaynini ishlab chiqish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 239-19-51, 232-09-07

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: bmgstudio@umail.uz, press@chamber.uz, monitoring@chamber.uz

  •  
    CHAMBER BUSINESS SOLUTIONS” unitar korxonasi

    “Call-center” xizmatlari

    • kompaniyalarning kirish qo‘ng‘iroqlarini qabul qilish va ishlov berish, virtual ofisni tashkil qilish;
    • telemarketing, ma’lumotlarni etkazish, onlayn maslahatlar berish;
    • kompaniyalarning ma’lumotlar bazasini yaratish va faollashtirish.

     

    “Business Outsourcing” – kichik, o‘rta va yirik korxonalar uchun mavjud va salohiyatli mijozlar bilan aloqa funktsiyalarini uzatish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlarni beradi:

    • korxonalarning tezkor harajatlarini qisqartirish, kompaniyalar faoliyatining ko‘rsatkichlarini yaxshilash;
    • tovarlar/xizmatlar savdosi hajmlarini oshirish;
    • mijozlar uchun samarali axborot-maslahat xizmatini ta’minlash.

     

    “Marketing Research” – CBS xizmatlaridan foydalanish biznesingiz samaradorligini oshirish kalitidir:

    • bozorlarni tadqiq, tahlil qilish va tovarlar/xizmatlarni ilgari surish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+99871) 150-60-06

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: callcenter@chamber.uz

  •  
    “SSP-MAROQAND” unitar korxonasi

     “SSP-MAROQAND” Unitar korxonasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari:

    • elektron to‘lov xizmatlarini ishlab chiqarshi va joriy etish, shuningdek elektron tijoratni rivojlantirish;
    • dasturiy ta’minot va Web-echimlarni ishlab chiqish;
    • veb-saytlar yaratish hamda ularni dasturiy va informatsion qo‘llab-quvvatlash;
    • O‘zbekiston bozorida xorijiy kompaniyalarning tovarlar va xizmatlarini faoliyati sohasi bo‘yicha korxonlarning ma’lumotlar bazasi orqali ilgari surishda ko‘maklashish;
    • O‘zbekistondagi vazirlik va idoralarda xorijiy kompaniyalar manfaatlarini ifoda etuvchi ish uchrashuvlar hamda biznes-turlar tashkil etish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06,

    Faks: (+998 71) 233-24-01

    E-mail: support@u-pay.uz

    Web-site: www.u-pay.uz

  •  
    “UPAY” elektron to‘lovlar universal xizmati

    “UPAY” xizmati yordamida kommunal xizmatlar, davlat soliqlari va bojlari, Internet resurslari, Internet provayderlar, mobil aloqa, telefoniyaga haq to‘lash uchun  bank plastik kartochkasidan foydalanish mumkin. “UPAY” elektron to‘lovlar xizmati bank plastik kartangizda mavjud bo‘lgan mablag‘lardan maksimal foydalanishga ko‘maklashadi.

    Noyob “UPAY” universal elektron to‘lovlar xizmati bu:

    • Ilovaning universalligi va barqarorligi;
    • Tezkor va qulay ro‘yxatdan o‘tish;
    • Xizmat ko‘rsatuvchi hamkorlarning katta bazasi;
    • Har qanday kommunal xizmatlar uchun to‘lov imkoniyati;
    • Kommunal xizmatlar qarzdorligi haqida ma’lumot olish imkoniyati;
    • To‘lov to‘langanlik haqida chek yoki kvitantsiya olish imkoniyati;
    • Muntazam to‘lovlar yaratish imkoniyati;
    • To‘lov to‘langanlik bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘pfunktsiyali filьtr orqali qidirish;
    • Ogohlantirish funktsiyasi mavjud barcha muhim yangiliklarni bilish imkonini beradi;
    • Avtoto‘lov imkoniyati va sms-xabarnoma;
    • Bosh sahifadan xizmat ko‘rsatuvchi hamkorlarni qidirish;
    • Bloklangan karta yoki aynan mobil ilovada uning yaroqlilik muddati tugagani to‘g‘risidagi xabarnoma;
    • Xalqaro sertifikat PCI DSS 3.1. bilan tasdiqlangan yuqori darajadagi maxfiylik va xavfsizlik.
    • To‘lovlarni:
    • www.upay.uz saytida shaxsiy kabinet orqali;
    • Android va iOS mobil ilovasi orqali;
    • 1400 raqamiga SMS-xabar yuborib;
    • *850# raqamiga USSD so‘rovini yuborgan holda amalga oshirish mumkin.

     

    Bundan tashqari, “UPAY” universal elektron to‘lovlar xizmati orqali bir bank plastik kartadan boshqa bank plastik kartaga pul o‘tkazish operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06,

    Faks: (+998 71) 233-24-01

    E-mail: support@u-pay.uz

    Web-site: www.u-pay.uz

    www.facebook.com/upay.uz

  •  
    BIRZUMDA” axborot xizmati

    “Birzumda” – SMS-Gateway platformasi bazasida yaratilgan xizmat bo‘lib, abonentlarning shaxsiy ma’lumotlar bazasiga asoslanib, turli SMS jo‘natmalarini tashkil etish imkonini beradi. “Birzumda” kichik va o‘rta biznes kompaniyalari uchun ham, xodimlar va mijozlariga SMS jo‘natmalarini tashkil etish istagida bo‘lgan yirik korxona va korporatsiyalar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06

    Faks: (+998 71) 233-24-01

    E-mail: info@birzumda.uz  

    Web-site: www.birzumda.uz

  •  
    Mobil billing  “MOBILL”

    Mobil billing MOBILL – kommunal xizmatlar va Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa xizmatlarining ma’lumotlarini avtomatik kiritish/olish uchun bank xodimlari yoki mas’ul shaxslar uchun mo‘ljallangan.

    Asosiy imkoniyatlar:

    • kommunal va boshqa xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik/oldindan to‘lashga doir dolzarb ma’lumotlarni olish imkoniyati bilan kommunal xizmatlar faoliyatini sinxronizatsiya qilish;
    • amalga oshirilgan kommunal va boshqa xizmatlarning bilingga to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlarini real vaqt rejimida (online) kiritish;
    • to‘lovchining telefoniga SMS va boshqa AKT echimlar yordamida bevosita elektron chek va kvitantsiya taqdim etish;
    • istalgan vaqt (kun, hafta, oy) muddati uchun kommunal to‘lovlar bo‘yicha hisobot tayyorlash.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06

    Faks: (+998 71) 233-24-01

    E-mail: support@u-pay.uz

  •  
    “Palata Eksport” unitar korxonasi
    • O‘zR TIF TN kodlari bo‘yicha ekspertning toifaviy xulosalarini belgilash va berish;
    • yuklarni tushirish vaqtida ular ahvolini xolis ekspertiza qilish, ushbu jarayonni kuzatish, qadoqlangan tovar, markirovka, transport vositalari plombalari holatini tekshirish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 236-11-35

    Faks: (+998 71) 236-11-37

    E-mail: palata_ex@mail.ru

  •  
    “GS1 Uzbekistan” assotsiatsiyasi
    • O‘zbekiston Respublikasi hududida GS1 tizimi – avtomatlashgan identifikatsiya va tovarni raqamlash xalqaro tizimidan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
    • shtrix-kodlash, ma’lumotlarni elektron tarzda uzatish va sinxronlash, radiochastotali indentifikatsiyalash kabilardan iborat standartlar tizimini joriy etish va boshqarish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 252-66-04

    Faks: (+998 71) 252-66-05

    E-mail: info@gs1uz.org                       

    Web-site: www.gs1uz.org

  •  
    O‘zR SSP huzuridagi energiyani tejash texnologiyalari va muqobil energiya manbalari axborot-tahlil markazi
    • markaz faoliyatidan kelib chiqib, maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish;
    • axborot-tahlil xizmatlari (ekologiya, energiyani tejash va muqobil energiya sohalarida marketing tadqiqotlarini o‘tkazishga ko‘mak berish va tashkil etish);
    • muqobil energetika va energiya tejash, atrof-muhit, energiya jihatidan samarali bo‘lgan texnologiya va texnikani injener himoya qilish sohasida o‘qitish, tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish;
    • energiya jihatdan samarali bo‘lgan texnologiya, uskuna va materiallar ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilari o‘rtasida ma’lumotlarning interfaol almashinuvi tashkil etish;
    • energiya tejovchi loyiha va tadbirlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorij investitsiyalari, kredit, shu jumladan imtiyozli kreditlar, grantlarni jalb etishda ko‘mak ko‘rsatish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-91-67

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: info@chamber.uz

     

  •  
    “Kaydzen” markazi
    • «Office-Kaizen» tizimini joriy etish (mavjud jarayonlar va hujjatlar aylanmasining tahlilini o‘tkazish, asosiy yo‘qotishlar va ofisdagi yo‘qotishlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini tasvirlash, korxona xodimlari (3-5 kishi)ga Tejamli ishlab chiqarish/Kaydzenning asosiy printsiplari bo‘yicha o‘qitish;
    • biznes jarayonlarni samarali boshqarish, KAYDZEN printsiplarini joriy etish/Tejamli ishlab chiqarish va menedjment sifati tizimi bo‘yicha trening va maslahatlar;
    • korxonalarda Tejamli ishlab chiqarish/Kaydzen instrumentlarini pilot ravishda tadbiq etish;
    • korxonalarda sifat menejmentining integratsiyalangan tizimini joriy etish;
    • Tejamli ishlab chiqarish/Kaydzen mavzusida davra suhbati, seminar, konferentsiyalar o‘tkazish;
    • Tejamli ishlab chiqarish/Kaydzenni joriy etish bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqish.

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-91-67

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: info@chamber.uz

  •  
    O‘zbekiston agrosanoat savdo maydonchasi –  www.agrosale.uz

    www.agrosale.uz elektron-savdo maydonchasi – Internet tarmog‘i yordamida mahsulot (ish, xizmat)lar xaridi yoki savdosini avtomatlashtirish imkonini beradigan xizmat.

    Ushbu savdo maydonchasi oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikalari, uskunalar, kimyoviy modda (o‘g‘it)lar va boshqa turdagi mahsulot (ish, xizmat)lar haqidagi e’lonlarni joylashtirish imkonini beradi. 

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 150-60-07.

    Faks: (+998 71) 232-09-03.                           

    E-mail: export@chamber.uz

    Web-site: www.agrosale.uz

  •  
    “BUSINESSINFO.UZ” Yagona axborot-ma’lumot portali

    Axborot-portal biznesni tashkil etish va rivojlantirish masalalari yuzasidan quyidagi zarur ma’lumotlarni taqdim etadi:

    • biznesni ro‘yxatga olish;
    • litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari;
    • moliyaviy tashkilotlar xizmatlari;
    • asbob-uskunalar va tovarlar;
    • eksport va import;
    • soliqlar, hisobotlar;
    • biznes-rejalar va boshqa ko‘plab masalalar.

     

    Portaldan foydalanishni qulaylashtirish uchun Android va IOS mobil ilovalari ishlab chiqildi, ularni Google play va AppStore internet do‘konlaridan yuklab olish mumkin.

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06,

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: info@chamber.uz

    Web site: www.businessinfo.uz

  •  
    “Biznes consultant” jurnali tahririyati
    • tadbirkorlik sub’ektlariga konsulьtatsiya berish bo‘yicha materiallarni chop etish;
    • jurnal sahifalarida reklama va axborot materiallarni joylashtirish

     

    Aloqa uchun:

    Тel.: (+998 71) 150-60-06, 239-19-51

    Faks: (+998 71) 232-09-03

    E-mail: info@chamber.uz

 

O‘z biznesingizni yangi bosqichga ko‘tarish uchun bir daqiqa vaqt toping!

Sizning hech bir murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi!