Matbuot xizmati

4371

Matbuot xizmati O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya Qo‘mitasining tarkibiy tuzilmalaridan hisoblanadi.

Matbuot xizmati o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida” gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil qilish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil qilishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Palata S’ezdi, Markaziy kengashi va Ijroiya qo‘’mitasi qarorlari, shuningdek Palata Ustaviga muvofiq ish olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati:

  • Palata faoliyati to‘g‘risida OAV uchun brifing va matbuot anjumanlarini tashkil qiladi;
  • Palata faoliyatiga oid bo‘lgan video, foto va audiomateriallarni tayyorlash va uni OAVda targ‘ib etish bilan shug‘ullanadi;
  • OAV uchun Palata xodimlari va vakillarinining intervьyularini tashkil qiladi;
  • Palata faoliyatini to‘liq va ob’ektiv yoritish maqsadida o‘zbek va xorijiy ommaviy axborot vositalari va jurnalistlari bilan hamkorlik olib boradi.