Hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi

3317
  •  
    Vazifalari
    • Palata hududiy boshqarmalarini operativ boshqarish va muvofiqlashtirish.
    • Palata hududiy boshqarmalari va ularning bo‘linmalarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va tahlil qilish.
    • Tadbirkorlik sub’ektlarini Palata a’zoligiga jalb qilish siyosati va strategiyasini ishlab chiqish.
    • Hududiy boshqarmalari, Biznes-markazlar va Palataning boshqa tuzilmaviy bo‘linmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga xizmatlar taqdim etilishini monitoring qilish.
    • Hududiy boshqarmalari tomonidan Palata a’zolariga xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha ishlar samaradorligini yaxshilashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.
    • Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish.
    • Palataning hududiy boshqarmalari orqali respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga yordam berish.
    • Palata hududiy boshqarmalarining faoliyatini monitoring qilish, jumladan, Palata rahbariyatining joylarga tashrifi orqali hamda ularga quyidagi masalalarda ko‘mak ko‘rsatish:
      1. tadbirkorlik sub’ektlarining, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarida huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
      2. xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
      3. respublika tadbirkorlariga xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishda yordam ko‘rsatish;
      4. tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlay oladigan yangi ishlab chiqarishlarni qurish, mavjudlarini texnik qayta jihaozlash va modernizatsiyalash uchun respublikaga chet el investitsiyalari keng jalb qilinishini qo‘llab-quvvatlash;
      5. Palata a’zolarini birlashtirish va qo‘llab-quvvatlash;
      6. nazorat organlari tomonidan noqonuniy tekshiruvlar o‘tkazilishining oldini olish;
      7. hududiy boshqarmalar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, malakasini oshirish;
      8. tadbirkorlarni O‘zbekiston Respublikasi va xorijda maxsus dasturlar bo‘yicha o‘qitish;
      9. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish kengashining majlislari uchun materiallarni tayyorlash va umumlashtirish.
    • Hududiy boshqarmalar bilan mahalliy hokimiyat organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik siyosatini ishlab chiqish.
    • Joylarda Jamoat kengashlari, Biznes-markazlar (keyingi o‘rinlarda BM) va Axborot-maslahat markazlari (keyingi o‘rinlarda AMM) ishlarini tashkil qilish.
    • Davlat korxonalar va tashkilotlar registri asosida tadbirkorlik sub’ektlari reestrini (YaDKTR) yuritish.
    • Palata a’zolari, hududiy boshqalarmalari, ularning filiallari va BM pasportlari (ma’lumotlar bazalarini) yaratish.
    • Tadbirkorlikni rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish va xo‘jalik sub’ektlari faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmlarini amalga oshirish.
    • Palata Qurultoyi va Markaziy Kengash majlislariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish.
    • Jumladan, respublika hududlarida Biznes-Forum faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
    • Palataning hududiy boshqarmalarida kadrlar siyosatini yuritish bo‘yicha strategiyani belgilash.
    • Palata a’zolari va boshqa tadbirkorlik sub’ektlarining bizneslari rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Hududiy boshqarmalar faoliyatining yillik rejasi”ni umumlashtirish va tasdiqlash uchun Palata Raisiga taqdim etish.
    • Namunali Biznes-markazlarni tashkil etish va keyinchalik ularning faoliyatini monitoring qilish.
    • Tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularda keltirilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash; ushbu murojaatlarni ko‘rib chiqilishi va chora ko‘rilishi uchun joylardagi muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlariga yuborish.
    • Ichki elektron hujjatlar aylanmasi tizimi (“EHA”) orqali hududiy boshqarmalarga barcha topshiriqlar va axborot materiallarini tezkor jo‘natish.
    • Hududiy boshqarmalar va ularning filiallari tomonidan EHA tizimining to‘g‘ri va samarali qo‘llanishini monitoring qilish. EHA tizimining texnik ta’minoti hamda uning reglamentga muvofiq ishlashini kuzatib borish.
    • Axborot ta’minotida Palataning hududiy boshqarmalar va ularning filiallari bilan axborot-texnik aloqasini ta’minlab beradigan elektron tarmoq, telefon tizimi, Internetdan foydalanish samaradorligini tahlil qilish.
    • Hududiy boshqarmalarni axborot bilan ta’minlash va hududiy boshqarmalar tomonidan AMM va BM axborot ta’minotlari amalga oshirilishini nazorat qilish.
  •  
    Funktsiyalari
    • Hududiy boshqarmalar va Palata a’zolarining ishtirokida Palata tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarni muqobil boshqarish.
    • Hududiy boshqarmalarning vakolatiga kiradigan barcha funktsional masalalar bo‘yicha ularning faoliyatining muqobil boshqarish.
    • Hududiy boshqarmalarning kuchlari bilan hal etib bo‘lmaydigan va Palata bo‘linmalari boshliqlari yoki rahbariyatining tezkor aralashuvini talab etadigan muammoli masalalar haqida Palata rahbariyatiga tezkor xabar qilish.
    • Hududiy boshqarmalarning rahbarlari mehnat ta’tiliga chiqishida, ishdan ketishida, o‘qishga ketishida, ularga moddiy yordam va boshqa to‘lovlar ajratilishi bo‘yicha arizalarini muvofiqlashtirish.
    • Tavsiyanomalar tayyorlash:
      1. hududiy boshqarmalar va ularning filiallari pasportlari;
      2. viloyatlari kesimida pasportlar;
      3. Biznes-markazlar va AMM pasportlari;
      4. Palata a’zolarining taqdimot tashrif kartochkalari;
      5. Davlat korxonalar va tashkilotlar registri asosida tadbirkorlik sub’ektlari reestri;
      6. Palata a’zosi pasporti;
    • Palata hududiy boshqarmalarining ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorligini tahlil qilish, tavsiyanoma taqdim etish va quyidagi tashkilotlar bilan qo‘shma ishning yaxshilanishiga ko‘maklashish:
      1. mahalliy hokimiyat organlari va vakolatli tashkilotlar bilan;
      2. hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid tadbirlar yoritilishi bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan;
      3. kadrlarni tanlash va tayinlash masalalari bo‘yicha.
    • Palata Qurultoyi, Markaziy Kengash majlislarini o‘tkazish va Biznes forum faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq tashkiliy-texnik masalalarni hal etish.
    • Palata bilan viloyatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri rahbariyatlari, shuningdek, joylardagi davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish.
    • Palata rahbariyatining topshirig‘i bilan Biznes forum komissiyalari, hukumat komissiyalari majlislari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis, Senat yig‘ilishlari va boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
    • Hududiy boshqarmalar faoliyati va ularning quyidagilar bilan o‘zaro hamkorliklarini monitoring qilish:
      1. ommaviy axborot vositalari, radio va teledasturlar bilan;
      2. tadbirkorlik sub’ektlarini seminarlar, konferentsiyalar, forumlar, simpoziumlar, muzokaralar, uchrashuvlar va Palata tomonidan o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarda ishtirok etishga jalb qilish;
    • Quyidagi ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish:
      1. uch tomonlama hamkorlik tizimini yaratish (yollanma ishchilar uyushmasi, ish beruvchilar uyushmasi va hukumat), milliy iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish;
      2. Jamoat kengashlari, AMM va BM faoliyatini tashkillashtirish;
      3. Davlat va xo‘jalik organlari bilan munosabatlarda tadbirkorlik sub’ektlari-Palata a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
      4. Hududiy boshqarmalar xodimlarini Palata Markaziy attestatsiya komissiyasida attestatsiyadan o‘tishga tayyorlash;
      5. Davlat korxonalar va tashkilotlar registri asosida tadibrkorlik sub’ektlari reestrini yuritish;
      6. Tadbirkorlikni rivojlantirish, respublikada biznes yuritishga oid xalqaro qabul qilingan me’yorlar va amaliyotni joriy etish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish.
    • Quyidagi masalalarda Palata tuzilmaviy bo‘limlarining hududiy boshqarmalar bilan tezkor aloqasini ta’minlash:
      1. tadbirkorlik subektlari mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish;
      2. tadbirkorlik subektlari uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish;
      3. v) videokonferentsiyalarni tashkillashtirish va o‘tkazish;
      4. g) tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash va jamlash;
      5. O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sub’ektlari uchun ko‘rgazmalar va yarmarkalarni tashkil etishda yordam ko‘rsatish;
      6. Palataning Nizom faoliyatiga muvofiq ravishda uslubiy, axborot, maslahat va boshqa yordamlarni taqdim etish.
    • Hisobot shakllarini ishlab chiqish, hududiy boshqarmalar hisobotlarini yig‘ish va umumlashtirish, belgilangan muddatda Bo‘limning qiyosiy hisobotini tayyorlash.
    • Hududiy boshqarmalar va ularning filiallari faoliyatiga «Elektron hujjatlar aylanmasi» tizimini («EHA» tizimi) joriy etish. Hududiy boshqarmalar va ularning filiallari tomonidan EHA tizimining to‘g‘ri va samarali qo‘llanishini monitoring qilish. EHA tizimib bo‘yicha Palata rahbariyatiga hisobotlilikni ta’minlash.
    • Viloyatlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududiy boshqarmalarning loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish.
    • Hududiy boshqarmalar tomonidan mablag‘larni sarflashning belgilangan me’yorlari, daromadlar va harajatlar smetalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
    • Palata veb-saytining axborot ta’minoti bo‘yicha barcha Palata hududiy bo‘linmalari ishlarini muvofiqlashtirish. Palata veb-sayti uchun voqealar va tadbirlar haqidagi materiallarni tizimli yangilashda ishtirok etish.
    • «SSP-MAROQAND» unitar korxonasi hamkorligida Markaz bilan hududiy bo‘linmalar o‘rtasida axborot-texnik aloqani ta’minlab beradigan elektron tarmoq, telefon tizimi, Internetning ishlashi va ularning samarali foydalanish monitoringi va tahlilini yuritish (hisobot tayyorlash).
    • Hududiy boshqarmalarning mahalliy hokimiyat rahbariyatlari, Palataning tuzilmaviy bo‘linmalari va h.k.lar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash.
    • Hududiy boshqarmalarga quyidagi masalalarda ko‘mak berish va amaliy yordam ko‘rsatish:
      1. tadbirkorlarga chet ellik hamkorlar va investorlar bilan ishbilarmon aloqalarni kengaytirish, mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan eksport mahsulotini tashqi bozorlarga ilgari surish, shuningdek, qo‘shma korxonalarni ishga tushirish, avvalo, kichik va xususiy korxonalarni texnik jihozlash va qayta modernizatsiyalash uchun respublikaga bevosita chet el investitsiyalarini jalb qilishda;
      2. boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, O‘zbekiston tadbirkorlar delegatsiyalarining ishbilarmon tashriflarini tashkil etish va respublikaga xorijiy tadbirkorlarni taklif qilish, respublika va xorijda tadbirkorlar mahsulotlarining sanoat ko‘rgazmalari va yarmarkalari, xalqaro biznes-forumlarni o‘tkazishda;
      3. tadbirkorlik faoliyati sub’ektlariga keng ko‘lamli xizmatlar, jumladan, axborot ta’minoti va maslahat yordami, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, ularning mahsulotlar va investitsiyaviy imkoniyatlari, shuningdek, salohiyatli hamkorlar va zamonaviy texnologiyalarni xarid qilish imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan biznes-kataloglarni chop etishga oid xizmatlar taqdim etishda;
      4. tadbirkorlikni rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqishda hamda tadbirkorlik sub’ektlari ustidan jamoat nazorati mexanizmlarini amalga oshirishda.
    • Palata tuzilmaviy bo‘linmalari bilan hududiy boshqarmalar o‘rtasida quyidagi masalalar bo‘yicha tezkor aloqani ta’minlash:
      1. hududiy boshqarmalar xodimlarining malakasini oshirish;
      2. hududiy boshqarmalar tomonidan joylarda sayyor seminarlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishi;
      3. tadbirkorlarni maxsus dasturlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va chet elda o‘qitish;
      4. «Mahorat maktabi» o‘quv kurslari, shuningdek, kasb-hunar kollejlari negizida kurslarni tashkil etish orqali tadbirkorlik kadrlarini tayyorlash;
      5. xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
      6. kadrlarni biznes-ta’lim tizimi bo‘yicha o‘qitish, tadbirkorlik kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash.
    • Palata tomonidan har yili O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkaziladigan «Tashabbus» respublika tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishda ishtirok etish.
    • Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik masalasi bo‘yicha Palata hududiy boshqarmalaridagi mas’ul xodimlar ta’limini tashkil etish.
    • Hududiy boshqarmalar va ularning bo‘linmalarini rivojlantirish masalalari.
    • Hududiy boshqarmalarga quyidagi masalalarda amaliy yordam berish.
    • Chet ellik va mahalliy hamkorlarning yozma murojaatlari bo‘yicha «Palata a’zosi tashrif kartasini» belgilangan shaklda tayyorlash.
    • Namunali Biznes-markazlarni tashkil etish va ularning faoliyatini monitoring qilish.
    • Namunali Biznes-markazlarni tashkil etish, ularning faoliyatini monitoring qilish va texnik jihozlanishini muntazam takomillashtirish bo‘yicha ishlar.
    • Hududiy boshqarmalar va ularning tuzilmaviy bo‘linmalari kadrlarini o‘qitish, jumladan:
      1. hududiy boshqarmalar rahbarlarining bo‘sh o‘rinlarini egallash;
      2. hududiy boshqarmalar rahbarlarining lavozimlarini oshirish bo‘yicha.
    • Hududiy boshqarmalar va ularning filiallari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar haqi to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
    • Quyidagilar bo‘yicha takliflarga xulosalar taqdim etish:
      1. Palata tomonidan hududiy boshqarmalarga maqsadli mablag‘lar ajratilishi;
      2. Palata hududiy boshqarmalarining unitar korxonalarini tashkil etish;
      3. Palata hududiy boshqarmalari tomonidan filiallar, savdo uylari va xorijda vakolatxonalar tashkil etilishi;
      4. Palata hududiy boshqarmalari tomonidan xususiy ehtiyojlari uchun texnologik va shunga o‘xshash boshqa qurilmalar xarid qilinishi;
      5. binolar, avtomobillar va hududiy boshqarmalarning balansida bo‘lgan boshqa asosiy vositalarni ta’mirdan chiqarish.
      6. Hududiy boshqarmalar orqali respublikada tadbirkorlik, avvalo, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishiga yordam berish.
    • Palata rahbariyatiga quyidagicha iltimosnomalar taqdim etish:
      1. hududiy boshqarmalar rahbarlarini moddiy va ma’naviy rahbatlantirish haqida;
      2. hududiy boshqarmalar xodimlarini ta’lim olish, amaliyot o‘tash va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun chet el xizmat safarlariga yuborish haqida;
      3. hududiy boshqarma rahbarlari o‘z vazifalarini bajarmaganligi uchun ularni jazolash haqida;
      4. hududiy boshqarmalarda audit tekshiruvi, moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvlarini o‘tkazish haqida;
      5. hududiy boshqarmalarni moddiy-texnik jihozlash haqida;
      6. hududiy boshqarmalarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatish haqida.
    • Palata faoliyati va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha radio va teledasturlar tayyorlash va ularda ishtirok etish.
    • Hududiy boshqarmalar tomonidan yo‘l qo‘yishgan kamchiliklarni tahlil qilish va hisobga olish.
    • Hududiy boshqarmalar, AMM va BM faoliyati tashkil etilishining samaradorligini tahlil qilish.
    • Taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash, moddiy resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish, kamchiliklar, o‘g‘irliklar, ishlab chiqarishga daxldor bo‘lmagan harajatlar va yo‘qotishlarning oldini olish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortinga qaratilgan Palata Ijroiya qo‘mitasining chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish.
    • Hududiy boshqarmalarga quyidagi ishlarda yordam ko‘rsatish:
      1. xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi baxslarni tartibga solish;
      2. Respublika kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish muvofiqlashtirish kengashi qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
      3. iqtisodiy vaziyatni tahlil va prognoz qilish, shuningdek, viloyatning iqtisodiy holatini yaxshilashda hududiy boshqarmaning ishtiroki bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
      4. kichik tadbirkorlik sub’ektlarining soliqqa tortilishi, investitsiyaviy va innovatsion faoliyatini takomillashtirish va tartibga solish, zayom va boshqa mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, takliflarni ijrochi hokimiyat va mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga yo‘llash, jumladan, kichik tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy va hududlararo dasturlarni ishlab chiqish hamda mazkur sohada amalga oshirilgan ishlar samaradorligini tahlil qilish;
      5. hududiy boshqarmalar va ularning unitar korxonalari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar qiymatini aniqlash va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish.
    • Hududiy boshqarmalar tomonidan o‘z vaqtida quyidagilar ijro etilishini nazorat qilish:
      1. Palata rahbariyatining topshiriqlari va vazifalari;
      2. Ijroiya qo‘mitasi, Markaziy Kengash va Palata Qurultoyining qarorlari;
      3. Respubliki Uzbekistan O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining topshiriqlari va farmoyishlari.