Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi

6001

 

  •  
    Vazifalar
    • Chet ellik hamkorlar bilan ishbilarmon aloqalarni kengaytirishda tadbirkorlarga yordam berish, raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlaydigan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va mavjudlarini qayta jihozlash uchun bevosita xorij investitsiyalarini jalb etish.
    • Investitsiyalar va zamonaviy mini-texnologiyalarni jalb qilishda boshqa davlatlardagi savdo-sanoat palatalari, assotsiatsiyalari, investitsiya fondlari, kompaniyalar va jamoat birlashmalari bilan birga hamkorlikni rivojlantirish.
    • Tadbirkorlarga keng ko‘lamli xizmatlar taqdim etish, jumladan investitsiyalar jalb qilish va zamonaiy mini-texnologiyalar xarid qilish masalalarida axborot ta’minoti va konsuьtatsiya yordamini berish.
    • Chet el kompaniyalari va ularning zamonaviy qurilma va texnologiyalarni etkazib berish imkoniyatlari haqidagi axborot keltirilgan biznes-kataloglarni tayyorlash.
    • Investitsiya muhiti va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
    • Investitsiyalar va zamonaviy mini-texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha respublika va xorijda o‘tkaziladigan biznes-forumlar, texnologiya va qurilmalar ko‘rgazmalari, davra suhbatlari, seminarlar va taqdimotlarni tashkil etish va ishtirok etish.
  •  
    Funktsiyalar

    Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorij investitsiyalarini jalb qilish:

    • Respublikaga xorij investitsiyalari va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish maqsadida chet el kompaniyalari bilan aloqalar o‘rnatish va munosabatlarni rivojlantirish.
    • Palata tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarda chet el investitsiyalarini jalb qilish masalalari bo‘yicha davra suhbatlari, konferentsiyalar, seminarlar, videokonferentsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazishga yordam berish.
    • Ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, tayyorlanadigan mahsulot sifatini oshirish va chet el investitsiyalari bilan yangi korxonalar tashkil qilish uchun mini-texnologiyalar va xorij investitsiyalarini jalb qilishda Palata a’zolariga yordam berish.
    • Qo‘shma hamkorlik uchun chet ellik hamkorlarni izlash maqsadida respublika tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiyaviy takliflari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
    • Turli qurilma va texnologiyalarning mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilariga oid elektron bazani shakllantirish va yuritish.
    • O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga oid ustuvor investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va investitsiya loyihalari ijrosining borishi haqida tadbirkorlik sub’ektlariga maslahat berishda ishtirok etish.
    • Tadbirkorlik sub’ektlarining juda muhim loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat investitsiya dasturiga kiritish uchun zarur hujjatlar to‘plamini ishlab chiqish.
    • Investorlar va salohiyatli xorijiy mini-texnologiyalar ishlab chiqaruvchi firmalar haqida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yangilash hamda ular uchun biznes bo‘yicha mahalliy hamkorlarni izlash.
    • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi saytida mahalliy va xorijiy korxonalar haqidagi axborotni joylashtirish va yangilash.
    • Tadbirkorlik sub’ektlari uchun mahalliy va chet el banklarida kreditlar; XMI liniyasi bo‘yicha imtiyozli kreditlar va lizing bo‘yicha texnologik qurilmalar olishi uchun biznes-rejalar ishlab chiqish. Kreditni rasmiylashtirish va loyihani joriy etish davomida maslahat berish va biznes-hamrohlik.
    • Palata rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha investitsiya faoliyati masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, assotsiatsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.
    • Chet ellik va mahalliy yuridik shaxslarga shartnoma shartlariga binoan investitsiyalar va zamonaviy mini-texnologiyalarni jalb etish sohasida agentlik, dilerlik, distribьyutorlik va vakillik xizmatlarini ko‘rsatish.
    • Zamonaviy mini-texnologiyalar va investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha Palataning hududiy boshqarmalari va xorijdagi Savdo-sanoat uylari faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligi tahlilini o‘tkazish.
    • Pasportlarni to‘ldirish va ularni Palata ma’lumotlar bazasiga kiritish bo‘yicha Palata a’zolari va tadbirkorlik sub’ektlariga tavsiyalar berish.
    • Mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat takliflarini tayyorlash va yuborish uchun tarmoqlar va davlatlar bo‘yicha salohiyatli chet el investorlari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish.
    • Investitsiyalar va zamomnaviy mini-texnologiyalarni jalb qilishda savdo-sanoat palatalari, assotsiatsiyalar, investitsiya fondlari, kompaniyalar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
    • Chet el investitsiyasiga ega korxonalarga mutasaddi organlarda ro‘yxatdan o‘tish tartibi, respublikaning investitsiya dasturlari haqida axborot taqdim etish va mavjud imtiyozlar haqida maslahat taqdim etish.

     

    O‘zbekiston Respublikasida qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga yordam berish:

    • Investitsiya muhitini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlanishi holatini tahlili qilish.
    • Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va mini-texnologiyalar sotib olish sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va takliflar tayyorlash.
    • O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha Palata a’zolariga konsulьtatsiya taqdim etish.
    • Qo‘shma hamkorlik uchun chet ellik hamkorlarni izlash maqsadida respublika tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiyaviy takliflari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
    • Xorij investitsiyalarini jalb qilishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar, jumladan, KB va XT ob’ektlari tahlili va ularni bartaraf etish uchun tavsiya va takliflash ishlab chiqish.
    • Alohida tarmoqlar, hududlar va korxonalar kesimida respublikaning investitsiyaviy salohiyatini ochib berishga qaratilgan bukletlar, broshyuralar va boshqa nashrlarni chop etishga materiallar tayyorlash.
    • Palata tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarda chet el investitsiyalarini jalb qilish masalalari bo‘yicha davra suhbatlari, konferentsiyalar, seminarlar, videokonferentsiyalar va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va o‘tkazishga yordam berish.

     

    Ko‘rgazma faoliyati:

    • Respublika hududlarida mahalliy va oxorijiy mini-qurilmalar va texnologiyalar, shunningdek, tadbirkorlik faoliyati mahsulotlari namunalariga oid sayyor va muntazam-faoliyat yurituvchi ko‘rgazma-yarmarkalarini o‘tkazish.
    • Respublika KB va XT korxonalarining investitsiya loyihalari bo‘yicha chet el kompaniyalari uchun hududiy seminarlar tashkil qilish.
    • O‘zbekistonda va xorijdagi zamonaviy mini-texnologiyalarga oid xalqaro biznes-forumlar, investitsiya dasturlari, seminarlar va ko‘rgazmalarda ishtirok etish.