Interaktiv xizmatlar

7766
  •  
    RAHBARIYAT QABULIGA YOZILISH

    Rahbariyat qabuliga yozilish

    "Rahbariyat qabuliga yozilish" xizmati fuqarolarga onlayn tarzda rahbar qabuliga yozilish imkoniyatini beradi.

    Xizmatga o'tish Хizmat haqida BAtafsil rEGLAMENT

     

  •  
    SSPGA A’ZOLIKKA KIRISH UCHUN ONLAYN ARIZA

    SSPga a’zolikka kirish uchun onlayn ariza

    Endilikda Savdo-sanoat palatasiga a’zo bo‘lish yanada oson va qulaylashtirildi. Palataning veb saytida sizga qulay bo‘lgan vaqtda onlayn ariza topshirish imkoniyati paydo bo‘ldi.

    Onlayn arizani to‘ldirib yuboring va biz Siz bilan qisqa muddat ichida bog‘lanamiz. Shuningdek, Palata a’zoligiga kirish shartlari to‘g‘risida sizni qiziqtirayotgan savollarga Palataning malakali xodimlaridan to‘liq javob olishingiz mumkin bo‘ladi.

    Хizmatga o'tish Хizmat haqida batafsil REGLAMENT

     

  •  
    MINI-TEXNOLOGIYA VA ASBOB-USKUNALARNI IZLASH UCHUN ARIZA

    Mini-texnologiya va asbob-uskunalarni izlash uchun ariza

    O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlik subektlariga mini-texnologiya va asbob-uskunalarni izlash va jalb etishda ko‘mak berib kelmoqda. Bunda Savdo-sanoat palatasining xizmatlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik subektlari quyida taqdim etilgan ariza shaklini to‘ldirishlari kerak bo‘ladi va mazkur ariza Palataning Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun kelib tushadi.

    Talab qilinayotgan asbob-uskuna va texnologiyalarni Palata tomonidan izlab topish xizmatini osonlashtirish maqsadida arizada so‘ralgan ma’lumotlar iloji boricha to‘liq kiritilishi lozim. Savdo-sanoat palatasi talab qilingan asbob-uskuna va texnologiyalar to‘g‘risidagi so‘rov xatini tegishli sanoat tarmog‘i bo‘yicha xorijiy va mahalliy asbob-uskuna va texnologiyalarni etkazib beruvchi korxonalarga yuborishni tashkil etadi.

    Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha Zamonaviy mini-texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘limi arizani yuborgan tadbirkorlik subektlariga asbob-uskuna etkazib beruvchi korxonalarning aloqa ma’lumotlarini taqdim etadi. So‘ralayotgan asbob-uskuna yoki texnologiyaning murakkabligi va soniga yoki talab qilingan asbob-uskunani etkazib beruvchi korxonaning mavjudligiga qarab tadbirkorlik subektlarining talabnomalari 10 ish kunidan 1 oygacha muddatda ko‘rib chiqilishi mumkin.

    Хizmatga o'tish Хizmat haqida batafsil REGLAMENT

     

  •  
    TIJORAT TAKLIFINI YUBORISH UCHUN ARIZA​

    Tijorat taklifini yuborish uchun ariza​

    Savdo-sanoat palatasi mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishiga amaliy ko‘mak berish xizmatini ko‘rsatadi.

    Tadbirkorlik sub’ektlari mazkur xizmatdan foydalanishi uchun quyida keltirilayotgan shakldagi tijorat taklifini to‘ldirishlari lozim bo‘ladi. O‘z navbatida to‘ldirilgan tijorat takliflari Eksportga ko‘maklashish, savdo-sanoat ko‘razmalari va yarmarkalarni tashkil etish bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

    Shuningdek, xorijiy hamkorlarni izlash va ularga mahsulotni sotishda qulaylashtirish maqsadida quyidagi shakldagi barcha maydonlarni to‘ldirish kerak bo‘ladi.

    O‘z navbatida tijorat taklifini tijorat tarmoqlariga, ulgurji savdo bilan va import bilan shug‘ullanadigan xorijiy korxonalarga etkazish maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan xorijiy mamlakatlardagi hamkorlariga tegishli murojaat yuboriladi.

    Tijorat taklifini ko‘rib chiqish natijasida xorijiy korxonalardan qiziqish bildirilgan taqdirda Eksportga ko‘maklashish, savdo-sanoat ko‘razmalari va yarmarkalarni tashkil etish bo‘limi tomonidan tijorat taklifi bilan murojaat etgan tadbirkorlik sub’ektiga ushbu korxonalarning ma’lumotlari istiqbolda ular bilan mahsulotlarni etkazish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun beriladi.

    Tijorat taklifi unda ko‘rsatilgan mahsulot va maqsadli eksport bozorlar bo‘yicha o‘rganilishini inobatga olib, 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

    Хizmatga o'tish Хizmat haqida batafsil REGLAMENT

     

  •  
    ELEKTRON TARQATILADIGAN TURLI MA'LUMOTLARGA OBUNA BO'LISH UCHUN ARIZA​

    Elektron tarqatiladigan turli ma'lumotlarga obuna bo'lish uchun ariza​

    Mazkur xizmatdan foydalanish orqali tadbirkorlar muntazam ravishda quyidagi ma’lumotlardan boxabar bo’lib boradi:

    • Respublikamizda bo’layotgan ko’rgazmalar, tadbirlar, konferensiyalar;
    • Xorijda bo’layotgan ko’rgazmalar, tadbirlar, konferensiyalar;
    • Mahalliy kompaniyalarning hamkorlik va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bo’yicha tijorat takliflari va boshqa takliflar;
    • Xorijiy kompaniyalarning hamkorlik va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari bo’yicha tijorat takliflari va boshqa takliflar;
    • Yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar;
    • Qabul qilinishi rejalashtirilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihasi (taklif berish uchun);
    • Va boshqa foydali va faolyatiga tegishli bo’lgan ma’lumotlar.

    Ushbu ma’lumotlar Savdo-sanoat palatasi tomonidan elektron pochta orqali yuboriladi. 

    Mazkur xizmat faqat tadbirkorlik sub’yektlariga ko’rsatiladi. 

    Arizani ko’rib chiqish muddati – uch kun.

    Хizmatga o'tish Хizmat haqida batafsil REGLAMENT

     

  •  
    ТADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBEKTLARI UCHUN SO'ROVNOMA

    Тadbirkorlik faoliyati sub’ektlari uchun so'rovnoma

    Sizning faoliyatingiz va undagi mavjud muammoli masalalarni toʻliq oʻrganish hamda ularga vakolatimiz doirasida amaliy koʻmak berish maqsadida Sizdan havolaga binoan Soʻrovnoma bandlarini toʻliq toʻldirishingizni soʻraymiz. Soʻrovnoma natijalari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibga asosan koʻrib chiqiladi.

    Хizmatga o'tish Хizmat haqida batafsil REGLAMENT

     

  •  
    ТEKSHIRUVLAR BO'YICHA CHEK-LIST 

    Тekshiruvlar bo'yicha Chek-list 

    Tekshiruvlar bo‘yicha CHEK-LIST ni to‘ldiring va Huquqlaringiz muhofazasiga oid yordam olish uchun bizga yuboring    

    Хizmatga o'tish хizmat haqida batafsil REGLAMENT