-
O'ZBEKISTON SAVDO-SANOAT PALATASI QOSHIDAGI HAKAMLIK SUDLARI
O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi qonunlarini ijro etish hamda tadbirkorlikni bundan buyon rivojlanishi uchun mo‘’tadil iqlimni yaratish va tabirkorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Hakamlik sudi tashkil qilindi.
Hakamlik muhokamasi iqtisodiy nizolarni hal etishning samarali mexanizmi bo‘lib, nizolarni hal etish tartibida maxfiylikni, tezkorlikni va tejamkorlikni ta’minlagan holda nizolashayotgan tomonlarga ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga qaramasdan amaliy muloqotlar, hamkorlik munosabatlarini saqlab qolishga yo‘l qo‘yadi. Hakamlik sudining qarori ixtiyoriy ravishda ijro etilmagan holda, u majburiy ijro etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi nizolarni hal etishning samarali mexanizmini tashkil qilish orqali yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning qonun bilan muhofaza qilinadigan huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
-
HAKAMLIK SUDLATI QONUN HUJJATLARI
-
ТARTIB-TAMOYILLAR
-
HUJJATLAR NUSHASI
-
MAQOLALAR
Отахонов Ф.Х - Правовые вопросы организации и деятельности третейских судов
Отахонов Ф.Х. - Вопросы взаимодействия третейских судов с компетентными судами
Отахонов Ф.Х. - Роль и значение третейских судов в Узбекистане
Худайберганов А.С - Ҳакамлик судининг ҳал қилув қарорини ижро этилиши
Мамасиддиқов М.М. Фуқаролик процессида ҳакамлик судининг ҳал қилув қарори билан боғлиқ ишлар
Иноятова С.Ф. - Вопросы и ответы
-
HAKAMLIK YIG'IMI
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Hakamlik sudi
Toshkent sh. 100047, Amira Temura ko‘chasi 4,6-blok
Telefon./faks: (+998-71) 239-43-29, (+998-90)997-15-26
H/r: 20212000603781497021 «Asaka» bank Toshkent shahar filiali.
STIR: 201794794, MFO: 00416Hakamlik sudida taraflarning yig‘imi miqdori quyidagicha:
1. Hakamlik sudi Reglamentida nazarda tutilgan nizolar bo‘yicha da’vo summasining 0,5 foizi, lekin eng kam ish haqining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
2. Nomulkiy tusdagi da’volar yuzasidan taqdim etilgan da’vo arizalari bo‘yicha da’vo bahosini aniqlash iloji bo‘lmagan taqdirda hakamlik yig‘imi eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida belgilanadi.
3. Hakamlik yig‘imini hisoblash paytida to‘lanishi kerak bo‘lgan summa to‘liq songa aylantirilishi mumkin.
O‘zR SSP A`ZOLARI UCHUN IMTIYOZ
Da’vogarlar Hakamlik sudiga taqdim qilingan da’vo arizasiga O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga a’zoligi to‘g‘risidagi Guvohnomani ilova qilgan hollarda Nizomda belgilangan hakamlik yig‘imining 75 foizini to‘laydilar.
-
HAKAMLIK SUDYALARI RO'YXATI
Buyuk kelajakni birga quramiz!