Ochiq ma’lumotlar

8114

Mazkur qismda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga doir ma’lumotlar “Internet” tarmog‘ida “Ochiq ma’lumotlar” shaklida joylashtiriladi.

Ochiq ma’lumotlar – ko‘p marotaba, erkin va bepul foydalanish maqsadida mashinada o‘qiladigan formatda Internet tarmog‘ida joylashtirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot.

Ochiq ma’lumotlarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-avgust 2015-yildagi 232-sonli “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada takomillashtirish chora­tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini hayotga tadbiq etish doirasida amalga oshirilmoqda.

Ma’lumotlardan foydalanish shartlari

Ochiq ma’lumotlardan foydalanganda foydalanuvchi quyidagilarga haqlidir:

• ochiq ma’lumotlarni qayta tiklash, ulardan nusxa olish, e’lon qilish va uzatish; 
• ochiq ma’lumotlardan erkin, muddatsiz, bepul va foydalanish hududini cheklamasdan foydalanish (shu jumladan takroran); 
• ochiq ma’lumotlarni tarqatish va qaytadan guruhlash; 
• ochiq ma’lumotlarni moslashtirish, o‘zgartirish, bir shakldan boshqa shaklga aylantirish va/yoki ular to‘plamlaridan axborotni chiqarib olish; 
• ochiq ma’lumotlardan tijorat maqsadlarida, shu jumladan turli xildagi dasturiy mahsulotlar va ilovalarni yaratish uchun foydalanish.

Ochiq ma’lumotlardan foydalanganda quyidagi shartlarga amal qilinishi shart:

• ochiq ma’lumotlardan faqat qonun hujjatlariga zid kelmaydigan maqsadlarda foydalanish; 
• ochiq ma’lumotlardan foydalanishda ularni buzib talqin etmayotganligiga ishonch hosil qilish; 
• ochiq ma’lumotlardan foydalanishda axborot manbaiga havolani saqlash.

Foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlardan foydalanish shartlariga rioya etilmagan holatlarda foydalanuvchi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy xatti-harakatlari uchun javobgar hisoblanadi.

 

SSP ochiq ma’lumotlari ro‘yxati Ma’lumotlar formati
1

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan bog'lanish va qabul kunlari 

csvxmljson
2

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi unitar tashkilotlar haqida ma'lumot 

csvxmljson  
3

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalari haqida ma'lumot

csvxmljson
4

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a'zo bo'lgan tadbirkorlik subyektlari haqida ma'lumot (2016 yil 1 yarim yillik) 

csvxmljson
5

O'zbekistan Savdo-sanoat palatasidagi mavjud bo'sh ish o'rinlari

csvxmljson
6

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot-maslahat va biznes markazlari tomonidan  tadbirkorlik

subyektlariga ko'rsatilgan hizmatlar soni

csvxmljson
7

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishda O'zbekistan Savdo-sanoat palatasi hodimlarining qatnashganlari soni

csvxmljson