«Chamber business solutions» Unitar korxonasi

5656

“Chamber Business Solutions” unitar korxonasi
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi qoshidagi “Chamber Business Solutions” unitar korxonasi 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda korxona tomonidan 3 ta loyiha doirasida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan:
1.  2015 yildan boshlab “O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi” loyihasi doirasida: 
-  Palataning yagona 78-150-60-06 hamda qisqa 1094 raqamlariga 24/7 rejimida kelib tushayotgan tadbirkorlik faoliyatiga oid turli maslahat, ma'lumot berish hamda murojaatlar qabul qilish, Palata faoliyati va hamkorlik bilan bog‘liq vazirlik va idoralar vakillarini Palata rahbariyati hamda mas'ul xodimlari bilan bog‘lab berish;
-  Palata hududiy tuzilmalari tomonidan respublikadagi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘tkaziladigan muammo va takliflarni o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan “So‘rovnoma”larni umumlashtirish, hisobotlar tayyorlash, “So‘rovnoma” to‘ldirgan tadbirkorlik subyektlari bilan qo‘ng‘iroq orqali bog‘lanib “So‘rovnoma”da ko‘rsatilgan ma'lumotlar haqqoniyligini aniqlashtirish;
-  Chiqish qo‘ng‘irog‘i orqali Palata tomonidan tashkillashtiradigan turli tadbirlar, o‘quv-seminar, treninglar, ko‘rgazma-yarmarkalar, biznes-forumlarga tadbirkorlik subyektlarini taklif qilish;
-  Chiqish qo‘ng‘irog‘i orqali respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlarining ma'lumotlar bazasini yangilab borish;
2.  2019 yil 1 iyundan boshlab “Bosh vazir virtual qabulxonasi” loyihasi doirasida:
-  O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining “Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi”ning 71-211-00-00 shahar hamda 11-00 ishonch va 8-800-211-00-00 raqamlariga qo‘ng‘iroq orqali 24/7 rejimida kelib tushadigan tadbirkorlik faoliyatiga aloqador murojaat, shikoyat, takliflarni qabul qilish;
-  Tadbirkorlik faoliyatiga aloqador, undan tashqari ijtimoiy, shaxsiy va boshqa turdagi turli mazmundagi savollar bo‘yicha ma'lumot, maslahatlarni berish;
3.  2020 yil 1 maydan boshlab “Biznes klinika” loyihasi doirasida:
-  O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi hamkorlikda 2020 yil may oyidan boshlab tashkil etilgan ushbu loyiha doirasida haftaning dushanba-juma kunlari, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lgan vaqt davomida 1094 qisqa raqamiga kelib tushayotgan koronavirus pandemiyasidan zarar ko‘rgan tadbirkorlik sub'ektlariga Davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida ma'lumot va bepul maslahatlar berish kabi ishlarni amalga oshirib kelmoqda.