«SSP-MAROQAND» UK

4338

«SSP - Maroqand» ko‘p funktsiyali axborot markazi unitar korxonasi USTAVI (.pdf 4,32 mb)

«O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2004 yildagi PF-3453-sonli «O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 22.09.2004 yilda qabul qilingan 441-sonli «O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq, Palataga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, Markaz faoliyatining asosiy maqsadi Palata a’zolari, tadbirkorlik faoliyatining asosiy maqsadi Palata a’zolari, tadbirkorlik sub’ektlari va boshqa xo‘jalik sub’ektlariga keng turdagi axborot tizimni yaratish va taqdim etish faoliyati hisobiga daromad (foyda) olishdan iborat.

Markaz o‘z maqsadidan kelib chiqib, faoliyatning quyidagi turlari bilan shug‘ullanadi:

  • barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona axborot makonini yaratish va xizmat ko‘rsatish;
  • tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va takliflarning ma’lumotlar bankini yaratish, yangilab borish va ushbu ma’lumotlarni tadbirkorlik subektlarining hohishlariga ko‘ra ularga taqdim etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi va xorijda tovar va xizmatlarning elektron savdosini tashkil etish;
  • axborot, marketing va reklama xizmatlarini ko‘rsatish, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, auktsionlar tashkil etish va ularni o‘tkazish;
  • injiniring, lizing, agentlik, birja, brokerlik va transport hamda boshqa vositachilik xizmatlarini ko‘rsatish;
  • tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati buyicha iqtisodiy-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish;
  • axborot-nashriyot va poligrafiya faoliyati bilan shug‘ullanish;
  • kitoblar yozish, audio-video mahsulotlari tayyorlash va ularni realizatsiya qilish;
  • intellektual mehnat mahsulotlari yaratish, jumladan: patentlar, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflarini tayyorlash;
  • zamonaviy axborot tarqatish texnologiyalarini ishlab chiqish va tadbiq etish, kompьyuter dasturlari tayyorlash va sotish;
  • kompьyuterlashtirilgan tizimlar va elektron uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish;
  • internet va «SSP-MAROQAND» tarmog‘ida ishlash va umumiy kompьyuter ta’limi buyicha o‘qitish;
  • tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish va qayta o‘qitish.
  • xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirish va ular bilan hamkorlik qilish;
  • provayder sifatida internet tarmog‘iga ulash xizmatini tashkil etish;
  • foyda olish maqsadida tijorat ishlari bilan shug‘ullanish, shu jumladan ulgurji va chakana savdo bilan belgilangan tartibda shug‘ullanish;

Litsenziyalashtirishi majburiy bo‘lgan faoliyat turlarini Markaz qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan tartibda litsenziya olganidan so‘ng olib boradi.